“Whatsapp” HD sifatli suratlarni yuborishni qo‘llab-quvvatlay boshladi, deya xabar bermoqda “TechCrunch”.

Yangilanish foydalanuvchilarga surat va tasvirlarni siqilmasdan yuqori sifatda yuborish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, mazkur funksiya bir necha hafta ichida barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.

Yuborish paytida tasvirning yuqori sifatini saqlab qolish uchun ekranning yuqori qismidagi “HD” belgisi bosilishi kerak.

“WABetaInfo” ma’lumotlariga ko‘ra, beta-sinov paytida messenjer 4096×2692 pikselgacha bo‘lgan ruxsatlarni qo‘llab-quvvatlagan.

hd rasmlar, whatsapp

“WhatsApp” odatiy foydalanadigan standart sifati 1600×1052 pikseldir.

Qabul qiluvchi rasmning burchagida “HD” belgisini ko‘radi. Internetga ulanishning sekinligi bilan foydalanuvchilar rasmni standart sifatda yoki yuqori sifatda saqlashni tanlashlari mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “WhatsApp” tavsif bo‘yicha sun’iy intellekt yordamida stikerlar yaratishni sinovdan o‘tkaza boshlagani haqida xabar berilgandi.

Yangi xususiyatni “WABetaInfo” profil nashri tadqiqotchilari 14-avgustda Android uchun “WhatsApp"ning so‘nggi beta-versiyasida payqashdi.

Yorliqdagi klaviaturani stikerlar bilan kengaytirganda “Yaratish” tugmasi ko‘rinadi.

Foydalanuvchi tavsifni kiritishi kerak, “WhatsApp” unga asoslangan stikerlar uchun bir nechta variantni taklif qiladi. Har bir rasmda sun’iy intellekt tomonidan yaratilganligi haqida eslatma bo‘ladi.