“Google” Android uchun “YouTube” ilovasining test versiyasiga qisqa vaqt ichida namunaviy trekni tinglagandan so‘ng musiqiy videolarni qidirish imkoniyati ega yangi funksiyani qo‘shdi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.
Qo‘shiqning uch yoki undan ortiq soniyasini kuylash mumkin, shunda “Google” uni aniqlashga harakat qilishi mumkin, deyiladi qo‘llab-quvvatlash sahifasida.
“YouTube” qo‘shiqni aniqlagandan so‘ng, u o‘sha qo‘shiq haqida tegishli kontentni ko‘rsatadi, rasmiy video (agar mavjud bo‘lsa) va trek ishlatilgan boshqa videolarni topib beradi.
Qayd etilishicha, bu asosan “Apple” kompaniyasining “Shazam” dasturining “Google” versiyasidir.
“Google” ushbu xizmatdan “Android qurilmalarida “YouTube"ni tomosha qiladigan butun dunyo bo‘ylab odamlarning kichik bir qismi foydalanishi mumkinligini aytdi.
Bu xususiyat “Google” uchun mutlaqo yangilik emas, chunki u 2020-yilda “Google App Search” va “Google Assistant” funksiyalarini taqdim etgandi.
Kompaniya “TechCrunch” nashriga “YouTube” versiyasi xuddi shu texnologiyaga asoslanganini aytdi, biroq u qo‘shiqni aniqlash uchun 10−15 soniya vaqt ketadigan “Google” versiyasidan tezroq ekanligini ta’kidladi.
“Google” shuningdek, bir muallifdan bir nechta yuklamalarni “qisqa vaqt ichida” obunalar tasmaidagi maxsus kanal javoniga jamlaydigan “YouTube” funksiyasini sinovdan o‘tkazayotganini aytdi.
Avvalroq “Spot” “YouTube"da endi videotavsiyalarni koʻrsatishni yashirish mumkinligi haqida yozgandi.
Bunda parametr orqali avvalgi ko‘rish tarixi o‘chirilsa, tavsiyalar tasmasi ko‘rinmaydi va asosiy sahifada faqat qidiruv paneli hamda yon menyu qoladi.