“YouTube” foydalanuvchilarga videolar bo‘yicha tavsiyalarni yashirishga ruxsat berishini ma’lum qildi.

Buni hisob sozlamalarida ko‘rish tarixini saqlashni o‘chirish orqali amalga oshirish mumkin.

Xizmatning ta’kidlashicha, agar foydalanuvchi ushbu parametrni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsa va uning “avvalgi ko‘rish tarixi” bo‘lmasa, u tavsiyalar tasmasini ko‘rmaydi.

Bundan keyin asosiy sahifada faqat qidiruv paneli va yon menyu qoladi.

“YouTube” vakillari o‘zgarishlarni 2023-yil 8-avgustdan boshlab amalga oshira boshlaganligini ma’lum qilishdi

Ular bir necha oy ichida barcha foydalanuvchilarga tarqatiladi. Kompaniyaning tushuntirishicha, variant tavsiyalarni ko‘rishdan ko‘ra videolarni qidirishni afzal ko‘radiganlar uchun mo‘ljallangan.

Ba’zi foydalanuvchilar allaqachon o‘zgarishlarni payqashgan. Ulardan biri bosh sahifadagi taniqli videolar o‘rniga “Brauzer tarixingiz o‘chirilgan” ko‘rsatilgan skrinshotni joylashtirdi.

rekomendatsiya, tavsiyalar tasmasi, youtube

Avvalroq “YouTube” videolarni turli tillarga avtomatik dublyaj qilishni sinovdan o‘tkaza boshlagani haqida xabar berilgandi.

U hozircha ba’zi mualliflar uchun mavjud bo‘lib, faqat ingliz, ispan va portugal tillarida ishlamoqda.

Kompaniya sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan dublyaj xizmati “Aloud” jamoasi bilan funksiya ustida ishlamoqda.

Aloud” video yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan. U birinchi navbatda muallifga tahrir qilinishi mumkin bo‘lgan rasshifrovkani taqdim etadi. Shundan so‘ng u matnni tarjima qilib, dublyajni yozadi.

“YouTube” vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ovoz ijrosi muallifning ovoziga imkon qadar o‘xshash va lablar harakati bilan hamohang bo‘lishini ta’minlashga intiladi.

Hozirda “YouTube” bu vositani “yuzlab” ijodkorlar bilan sinovdan o‘tkazmoqda. Hozircha u faqat ingliz, ispan va portugal tillarini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo kelajakda ko‘proq tillarni qamrab olishi kutilmoqda.


“Sport” mart oyida “YouTube"ning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Bu boʻyicha prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari va AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik uchrashuv oʻtkazdi.

Unda “Google” kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi, shuningdek, koʻplab blogerlarning “YouTube” monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olindi.