“Facebook” va “Instagram” Yevropadagi foydalanuvchilarga tavsiyalarni butunlay oʻchirib qoʻyish imkonini beradi, deb yozadi “TechCrunch”.

"Meta" Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritdi.

Unga ko‘ra, yirik platformalar foydalanuvchilari uchun tavsiya qiluvchi algoritmlarni o‘chirib qo‘yishlari kerak.

2023-yil aprel oyida Yevropa ittifoqi qonun bilan qamrab olingan 19 ta xizmatni sanab o‘tdi. “Facebook “va “Instagram"dan tashqari bular, “AliExpress”, “Amazon”, “App Store”, “Bing”, “Booking.com”, “Google Play”, “Google Maps”, “Google Search”, “Google Shopping”, “LinkedIn”, “Pinterest”, “Snapchat”, “TikTok”, “Twitter” (hozir X), “Wikipediya”, “YouTube” va “Zalando”.

"Meta" ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar faqat o‘zlari kuzatgan odamlarning hikoyalari va Reelslarini xronologik tartibda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, qidiruvda ular qiziqishlar va faollik asosida shaxsiylashtirilmagan, faqat kiritgan so‘zlar asosidagi natijalarni ko‘radi.

Bu imkoniyat aynan qachon paydo bo‘lishini kompaniya aniqlamadi. “TechCrunch” ta’kidlashicha, kompaniyalar qonunga rioya qilish uchun o‘zgartirishlar kiritish muddati 2023-yil 25-avgust, shuning uchun funksiya “tez orada” paydo bo‘lishi kerak.

Shunga o‘xshash o‘zgarishlar “TikTok” tomonidan 2023-yil avgustida ham e’lon qilingandi. Qisqa video platformasi tez orada tavsiyalar tasmasini o‘chirish imkoniyatini qo‘shishini e’lon qildi.

“Instagram” va “Facebook"da allaqachon xronologik lentalar mavjud. Birinchi ijtimoiy tarmoq uni 2022-yil mart oyida, ikkinchisi o‘sha yilning iyul oyida qaytarib berdi.


Avvalroq “Spot” “YouTube"da endi videotavsiyalarni koʻrsatishni yashirish mumkinligi haqida yozgandi.

Bunda parametr orqali avvalgi ko‘rish tarixi o‘chirilsa, tavsiyalar tasmasi ko‘rinmaydi va asosiy sahifada faqat qidiruv paneli hamda yon menyu qoladi.