O‘z biznesingizni boshlashga tayyor ekanligingizning sakkizta belgisi

Auditor Yevgeniya Son tadbirkorlar, ayniqsa, yangi boshlovchilar tannarxni hisoblashda eng ko‘p uchraydigan beshta xato bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Treyding: Toshkentdagi o‘quv markazlari, kurslar va narxlari

Spot Toshkentdagi o‘quv markazlarida qanday treyding kurslarini o‘rganish, nimalarga e’tibor qaratish kerakligi va ularning narxlari haqida ma’lumot to‘pladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Bionovatic Food”: sobiq aviadispetcher O‘zbekistonda shahar xo‘jaliklarini qanday qurmoqda?

“Bionovatic Food” asoschisi Adel Yengalichev O‘zbekistonda innovatsiyalar qanday ketayotgani, nega u tubdan og‘ir sanoatni tark etib, texnologiya bilan shug‘ullanishga qaror qilgani, qulupnayni quyoshsiz va tuproqsiz qanday yetishtirish mumkinligi va bu qanchalik foydali ekanligi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznes tarixi: “Cartier” zargarlik buyumlar brendi qanday yaralgan?

Mazkur materialda brendning qanday paydo bo‘lgani, uning rivojlanish tarixi hamda bugungi kungacha bo‘lgan faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Markaziy bank yana bir oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga chiqarmoqda. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi mavzusiga bag‘ishlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi oltin hamda 31,1 gramm og‘irlikdagi kumush tangalar sotuvga qo‘yiladi.
  2. Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
  3. “Telegram"da “Stories” funksiyasi barcha foydalanuvchilar uchun ochildi. Muayyan kontaktlarni arxivlangan chatlarga yuborish orqali ulardan hikoyalarni berkitish mumkin.
  4. Toshkentda Bojxona rasmiylashtiruvi markazi ishga tushdi. Bu yerda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, Masofaviy elektron deklaratsiyalash posti, Call-markaz, Targetlash va xavflarni boshqarish bo‘limlari tashkil etilgan.
  5. Xitoy O‘zbekistonga yangi temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi. Tovarlarning birinchi partiyasi Xitoy shimolidagi Chjanjiaku shahridan Toshkentga 15 kun ichida yetib kelishi kerak.
  6. O‘zbekistonda erkaklar va ayollar ish haqi o‘rtasidagi farq qancha?. Mamlakatda erkak va ayollarning ish haqi o‘rtasidagi farq 39%ni tashkil etadi va bu jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ekanligi qayd etilgan.
  7. O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha jahon chempionatining yarim finaliga yo‘llanma oldi. Jamoa 3 ta o‘yinda Vengriyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
  8. O‘zbekistonliklar o‘zlarining moliyaviy ahvolini qanday baholamoqda? — so‘rovnoma. 66,1% aholining moddiy ahvoli va moliyaviy holati yaxshilangan. 27,5%i esa yaxshi darajada qolganini qayd etgan.
  9. Markaziy bank “Oson” to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi. Bunga kompaniyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgani sabab bo‘lgan.
  10. “Apple” ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahatchi lavozimini bekor qiladi. Qayd etilishicha, kompaniya shu tarzda xarajatlarni kamaytirishga harakat qilmoqda.