“Oson” to‘lov tashkilotiga nisbatan qonunchilikka asosan jarima sanksiyasi qo‘llanildi, deya ma’lum qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, “BRIO GROUP” (Oson) to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining talablarini buzganligi uchun berilgan.

Shu bilan birga, boshqa to‘lov tashkilotlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, shu kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, Markaziy bank tomonidan ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Avgust oyi boshida “Oson” hamda “Payme” to‘lov tizimlari ishida uzilishlar yuzaga keldi. Xususan, “Oson"da qayd etilishicha, kompaniya unga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra “Uzcard” hamda “Humo” kartalari tizimdan uzilgan.

Texnik muammolar tizimdan mustaqil ravishda, hamkorlar tomonidan kuzatilayotgani ta’kidlangandi. Kompaniyaning mutaxassislar yopilish sabablarini izlayotgani, huquqshunoslar va texnik guruh esa vaziyat bo‘yicha to‘lov tizimlari va Markaziy bankka tegishli so‘rovlar yubormoqchi ekanligi “Spot"ga ma’lum qilingandi.

Kompaniya bosh direktori Farhod Mahmudov ikkala tizimning o‘chirilishi 2 mlndan ortiq foydalanuvchi uchun jiddiy qiyinchilik va xavf tug‘dirishini, kompaniya ishini blokirovka qilish uchun qonuniy asoslar yo‘qligini, biroq oddiy tizim har daqiqada yo‘qotishlarni, shu jumladan, obro‘-e'tiborini yo‘qotishini ham ta’kidlagandi.

“Biz hech qachon firibgarlik bilan bog‘liq talab va tekshiruvlar ro‘yxatiga kirmaganmiz. Tizim texnik kelib chiqishining eng muhim qismi — bu kiberxavfsizlik. Hamkorlar bilan biz ko‘p yillar davomida uzluksiz va kechikishlarsiz hamkorlik qilib kelyapmiz”, — degandi Farhod Mahmudov.

Undan kegin, “Uzcard” hamda “Humo” kartalari “Oson” tizimida qayta ishlay boshlagani ma’lum qilingandi.