“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi so‘rovnoma o‘tkazdi, deya xabar berdi “UzA” nashri.

O‘zbekistonliklarning o‘z hayotidan qoniqishi haqidagi so‘rovda qatnashganlarning 74,1%i hayotdan va ishlarning hozirgi holatidan juda mamnun.

Shuningdek, 13,7%i asosan qoniqishini aytgan bo‘lsa, har o‘ninchi respondent “qisman qoniqishini” bildirgan.

So‘rovnomada qatnashgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining o‘tgan yildagi moddiy ahvoli va moliyaviy holatini baholab, aksariyati 66,1%i yaxshilanishlarni qayd etdi. 27,5% ishtirokchi oldingi kabi yaxshi darajada qolganini bildirgan.

Ijtimoiy so‘rovnoma o‘zbekistonliklarning siyosiy-ijtimoiy faolligi ortganini ko‘rsatishi ta’kidlangan xabarda.

Avvalroq Jahon banki katta iqtisodchisi Uilyam Zeytsning O‘zbekistondagi erkaklar va ayollar maoshi o‘rtasidagi farq bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgandi. Unga ko‘ra, mamlakatda bu ko‘rsatich 39%ni tashkil etgan.

Erkak va ayollarning ish haqi o‘rtasidagi farq jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ekanligi ta’kidlanadi.