IELTS va boshqa xalqaro imtihonlarga to‘langan pulni qanday qaytarib olish mumkin? Qo‘llanma

Spot xalqaro til imtihoni xarajatlarini qanday qoplash, kimlar kompensatsiya olish huquqiga ega ekani, buning uchun qanday ballar talab qilinishi hamda to‘lovlar nega kechikishini o‘rganib chiqdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2026-yil avgust oyi bo‘yicha

Mavjud 34 ta bankdan 26 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 9%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


“Siyosiy iroda yo‘qligidan hammamiz paxtaga qul edik” — Mirziyoyev

Prezident o‘zbekistonliklar “sutkasiga 24 soat, yiliga 12 oy” faqat paxta bilan shug‘ullanib, boshqa hech narsa qilmaganini aytdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonning davlat qarzi $48,3 mlrddan oshdi

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $4,82 mlrdga ko‘p. Davlat qarzining 84%i tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Kichik biznesni tekshirishga uch yilga moratoriy e‘lon qilindi.
    2027-yil 1-yanvardan tadbirkorlarga moliyaviy jarima qo‘llashda Birinchi xato uchun — ogohlantirish qoidasi ham joriy etiladi.
  2. Markaziy bank Mustaqillikning 35 yilligiga oltin va kumush tangalarni chiqardi.
    999,9 asillikdagi esdalik tangalarning og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etadi.
  3. O‘zbekiston yetti oyda Rossiya va Turkmanistondan $1 mlrdlik gaz import qildi.
    Xitoyga gaz eksporti 36,2% ga kamayib, $279,7 mlnni tashkil etdi. Iyul oyida esa eksport hajmi o‘tgan oyga nisbatan 50% ga oshdi.
  4. Toshkentdagi oliygohlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 8:00 da boshlanadi.
  5. Yangi tartib poytaxtda tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta‘lim jarayonini maqbul tashkil etishga qaratilgan.
  6. Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
    Xususan, salomlashuv xabarlari, xabarlardagi tugmalar, imzolangan hadyalar hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
  7. O‘zbekistonda Mustaqillikning 35 yilligiga 50 trln so‘mlik 163 ta obyekt ishga tushirildi.
    Ular orasida 72 ta yirik sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyektlari bor.
  8. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga ikkita o‘zbek ayvonini sovg‘a qildi.
    Ayvonlar Vashingtondagi Amerika Qahramonlari bog‘i hududida o‘zbekistonlik hunarmandlar tomonidan o‘rnatilmoqda.
  9. Davr Bank, Sea Breeze Uzbekistan va SOCAR AYQSHlari: Mirziyoyev va Aliyev qator loyihalarni ishga tushirdi.
    Boshqa loyihalar orasida TuranAZ kompaniyasining Baku City turar-joy majmuasi, Matanat-A kompaniyasining gips zavodi va Landau nomidagi ikkita STEAM maktabi bor.
  10. O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 mlnga yaqinlashdi.
    Hududlar kesimida eng ko‘p avtotransport Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida ro‘yxatga olingan.