E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


Spot O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Hozirda mavjud 34 ta bankdan 26 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular 6 oydan uch yilgacha saqlanadi.

Oflayn omonat ochish uchun minimal miqdor $10 ni, onlayn omonat uchun esa $50 ni tashkil etadi. Dastlabki badalning o‘rtacha miqdori — $100. Biroq, Garant Bankda minimal omonat miqdori ancha yuqori — $5000.

Aksariyat banklarda omonatni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.

Maqola chop etilgan vaqtda chet el valyutasidagi omonatlar bo‘yicha eng yuqori foiz stavkalarini Poytaxtbank — 9% va Universalbank — 8,5% taklif etmoqda. Garantbank va Hayot Bankda esa 8% dan taklif qilmoqda.

Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.

Bank nomi

Foiz stavkasi

Minimal summa

Muddatiy (oy)

To‘ldirish

Qisman yechib olish

Poytaxtbank9%$1000246 oygachaBor
Universalbank
8,5%$50018BorYo‘q

Garant Bank

8%

$5000

13
3 oygachaYo‘q
Hayot Bank
8%$10018BorBor, $100 qoldiq bilan
APEX BANK7,5%$50024+Bor, $500 qoldiq bilan

Trastbank

7,5%

$500

18

12 oygacha

Bor, $500 qoldiq bilan

Asia Alliance Bank
7%$100025BorYo‘q

Agrobank*

6−7%

$100

13−24

Yo‘q

Yo‘q

Davrbank
6,5%$10025Yo‘q
Bor

Aloqabank

6,5%

$100

24

Bor

Bor, $100 qoldiq bilan

Hamkorbank
6,5%$10018BorYo‘q
Anorbank
6%
$1000
24
Yo‘q
Yo‘q
Asakabank
6%$10024Yo‘q
Yo‘q
Ipak yuli banki
6%$100024Yo‘q
Yo‘q
Kapitalbank
6%$100024Yo‘q
Yo‘q
Turonbank
6%$10018BorBor
InfinBank
5,5%$50018BorBor
Biznesni rivojlantirish banki
5%$10013BorYo‘q
Mikrokreditbank
5%
$1000
24
Bor
Yo‘q
TBC Bank*
3−5%$100013−24BorYo‘q

O‘zmilliybank*

3,25−5%

$50

3−18

Bor

Yo‘q

Xalq banki

4,5%

$10

18

Bor

Yo‘q

Tenge Bank
4%
$100
6
Bor
Yo‘q
O‘zsanoatqurilishbank
3%$10013BorYo‘q
$50015Yo‘q

Orient Finans Bank

3%

$1000

500 kun

Yo‘q

Yo‘q

Ziraat Bank Uzbekistan
2%$50024Yo‘q
Yo‘q

* — foiz stavkalari omonat muddati va turiga bog‘liq.