23 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Ozarbayjonning O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarini onlayn tarzda ochish va ularga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Marosim doirasida uchta loyiha ishga tushirildi: aksiyalarning nazorat paketini Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) sotib olgan Davr Bank, Matanat-A kompaniyasining gips zavodi hamda Landau Education Group kompaniyasining Landau nomidagi ikkita STEAM maktabi.
Bundan tashqari, yana oltita loyihaga tamal toshi qo‘yildi. Ular qatorida SOCAR’ning beshta yangi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi bot.
Shunibgdek, Agalarov Development kompaniyasining Sea Breeze Uzbekistan turar joy va kurort majmuasi hamda TuranAZ kompaniyasining Baku City turar joy majmuasi o‘rin olgan.
Shu bilan birga, kumush tarkibli rudani boyitish fabrikasi — Sur Gold and Silver Project hamda mevali bog‘lar tashkil etish bo‘yicha Gold Fresh Fruits loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.



May oyida Ozarbayjonga tegishli davlat banki — Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning Davr Bank’ini sotib olib, O‘zbekiston bozorida faoliyat boshlashni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan. Ozarbayjon davlat banki Davr Bank aksiyalarining 51%ini $100 mlnga sotib olishni ko‘zlamoqda.
Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR esa O‘zbekistonning chakana neft mahsulotlari bozoriga kirib, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya, shuningdek, O‘zbekneftgaz va Britaniyaning bp kompaniyasi bilan birgalikda Ustyurt konini o‘zlashtirishda ham ishtirok etmoqda.
Avvalroq Spot Mirziyoyev va Aliyev Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagani haqida yozgandi.


