Andijonga Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy tezyurar poyezd kirib keldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda poyezd harakati sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Zamonaviy poyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanishi va bir vaqtning o‘zida 415 nafar yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega.

Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan masofani atigi 3 soat ichida bosib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Yangi tezyurar poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilishi poytaxt va Andijon o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, yo‘lovchilar uchun tezkor va qulay xizmatlarni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

“Yangi qatnov hududlar o‘rtasidagi harakatchanlikni oshirish barobarida, aholi uchun safarlarni yanada qulay va samarali tashkil etishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Spot Belarusdan O‘zbekistonga Slavyan karvoni blok-poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.