Testo chuchvaraxonalari tarmog‘i asoschisi Zamira Rahmanova tavsiya qilgan 5 ta kitob

Tadbirkor strategik fikrlashga, hayotda jarayonlarni qurishga, muhim narsalarni majburlanganlaridan ajratishga va o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradigan kitoblarni Spot bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni


To‘lov tashkilotlariga cheklovlar o‘rnatildi. Mutaxassislar qanday fikrda?

O‘zbekistondagi xalqaro to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat haqida soha mutaxassislari o‘z fikrlarini Spot’ga bildirishdi.

hafta yakuni


Shohrux Nizamutdinovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda u ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Yana nimalar belgilanmoqda?.
    Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
  2. Aholi uchun naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori oshirildi.
    Xususan, olib kirish va olib chiqish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori 100 mln so‘m etib belgilandi.
  3. 4ta postda ID-karta bilan Qirg‘izistonga o‘tish tartibi yo‘lga qo‘yildi.
    Qayd etilishicha, ikki davlat chegarasidan kuniga 25−30 ming kishi o‘tadi.
  4. Google Android’ning yangi logotipini taqdim etdi.
    Kompaniya yil oxirigacha yangi logotipdan foydalanishni boshlaydi.
  5. Uzbekistan Airways 7-sentabrdan Zominga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
    Aviaqatnovlar Toshkent-Zomin-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilib, bir tomonlama aviachipta narxi 105 ming so‘mdan boshlanadi.
  6. Markaziy bank talabalar uchun stipendiya tanloviga arizalar qabul qilmoqda.
    Unda bakalavriatning so‘nggi bosqichida hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
  7. Ravnaq-Bank o‘z nomini Octobank deb o‘zgartiradi.
    Shuningdek, bankning Kuzatuv kengashi tarkibi ham yangilangan.
  8. 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr va gaz narxini oshirish rejalashtirilmoqda.
    Biroq aholi uchun elektr va gaz narx belgilangan tariflarda o‘zgarishsiz qoladi.
  9. Google Chrome brauzerining dizaynini yangilaydi.
    Yangilanish bir necha hafta ichida hamma foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.