“Google” o‘zining 15 yilligi munosabati bilan ish stoli kompyuterlaridagi “Chrome” brauzeri dizaynini o‘zgartirishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangilanish bir necha hafta ichida hamma uchun mavjud bo‘ladi.
Yangilangan brauzerning interfeys elementlari oldingi versiyaga nisbatan ancha yumaloqlashdi. “Google” dizaynerlari ham piktogrammalarni o‘zgartirib, qo‘shimcha rang palitralarini qo‘shdilar.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘zgarishlar kontentning o‘qish qobiliyatini yaxshilash va brauzerni yanada shaxsiylashtirishga qaratilgan.
“Chrome” yangilanishida dasturchilar zararli saytlarni tekshirish tizimini yaxshilaydi.
Brauzer saytlarni xavfli ro‘yxat bilan tekshiradi, ular real vaqtda yangilanadi. Hozirgi vaqtda ushbu ro‘yxat har 30−60 daqiqada yangilanadi.
Asosiy brauzer yangilanishini ishga tushirish bilan birga “Google Chrome” internet-do‘konining dizaynini o‘zgartiradi.
Uning qayta ishlangan ko‘rinishini oldindan ko‘rish versiyasi sahifasida allaqachon ko‘rish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Google” “Android"ning yangi logotipini taqdim etgani haqida yozgandi.
Kompaniya yil oxirigacha yangi logotipdan foydalanishni boshlaydi.