Tadbirkorlar uchun elektr va gaz narxini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha, Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab iste’molchilarning 1- va 2- guruh toifasi uchun elektr energiyasi 1 kvt.soat uchun 1 000 so‘mgacha (NKMK, OTMK, O‘zbekiston metallurgiya zavodi, budjet tashkilotlari), qolgan biznes va yuridik shaxslar uchun kvt.soatiga 900 so‘mgacha oshirilmoqda.

Aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi o‘zgarishsiz — 295 so‘m qoladi.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun tarif ham o‘zgarishsiz qoldi — 147,5 so‘m etib belgilandi.

Tabiiy gaz tariflari esa “NKMK”, “OTMK”, “O‘zbekiston metallurgiya zavodi” va budjet tashkilotlari uchun bir kubasiga 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga kubasiga 1 500 so‘mgacha miqdorda belgilanmoqda.

Bunda ham aholi uchun avval belgilangan narx 380 so‘m miqdorida o‘zgarishsiz qoladi.

Gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun beriladigan gazning bir kubometri 660 so‘m (o‘zgarishsiz qoladi), isitish uchun — 380 so‘m miqdorida o‘zgarishsiz qoladi bo‘ladi.