“Spot” o‘zbek tili targ‘ibotchilaridan biri Mirzo Zominiy bilan tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.
Bu safargi materialda “FCB Artgroup” kreativ agentligi boshqaruvchi hamkori Shohrux Nizamutdinov bilan suhbatlashdik.
U kunini va ishini nimalarsiz tasavvur qilolmasligi haqidagi savollarga javob berish uchun ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.
Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:
Notebook, ko‘zoynak, avtomobil kaliti va pasport
Hozirda noutbuksiz hech qanday ish bitmasa kerak, shu sababli ryukzagimda albatta mazkur qurilmani olib yuraman. Bugungi kunda men “Apple” brendiga tegishli “MacBook Air"dan foydalanaman.
Agar “surish” kerak bo‘lib qolsa yonimda har doim pasportimni olib yuraman. Keyin yon daftarim va ruchka bor, unga kundalik fikrlarimni yozib boraman.
Shuningdek, menga kerakli narsalardan biri bu quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakdir. Materialning avvalgi sonida Zafar Hoshimovning ko‘zoynaklari haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Unga 11 yil bo‘lgan ekan, men esa o‘tgan yili xarid qilganman.
Ko‘zoynaklarni juda yaxshi ko‘raman, kolleksiyamdagilar ko‘zoynaklar soni 20taga yetsa kerak.
Bundan tashqari avtomobilimning kaliti bor va u nimaga kerakligini aytib o‘tirishim shart emas menimcha.
Yana bu yerda hamyonim va uni ichida esa pullar, plastik kartalar, haydovchilik guvohnomam bor.
Hozirgi kunda tashrif qog‘ozlardan unchalik ko‘p foydalanilmaydi, chunki elektron variantlari bor, lekin har ehtimolga qarshi ularni doim o‘zim bilan olib yuraman.
“Airpods” quloqchinimdan “ZOOM” konfenerensiyalarda qatnashganimda, audiokitoblar va musiqa tinglaganimda foydalanaman.
Eng asosiysi yonimda xonadonimning kaliti bo‘ladi, chunki usiz uyga kira olmayman (kuladi).
Ryukzagimdagi bor narsalar shular, hammasini qanday bo‘lsa shunday ko‘rsatdim.