Xorijda ta’lim: ko‘plab chet el grantlarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bilan suhbat

Shohjahon Ahadov Vengriya, Polsha, Hindiston va Rossiya grantlarini qanday qo‘lga kiritgani, bunda nimalarga ko‘proq ahamiyat berish kerakligi va qanday hujjatlar talab qilinishi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil oktabr oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 26 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 26%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Meditatsiya xonasi, chiroyli manzaraga ega keng oshxonalar va mashq jihozlari: “EPAM” ofisi qanday tuzilgan?

Bosh direktor Renat Axtyamov kompaniyaning korporativ madaniyati, mehnat va rivojlanish shartlari, ijtimoiy yo‘naltirilgan tashabbuslar hamda muhandislik DNKsi haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil oktabr oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 21 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 8%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


  1. “Green Card"da ishtirok etmoqchi bo‘layotganlarga 10ta muhim maslahat — AQSh elchixonasi. DV-2025 dasturi uchun arizalar 4-oktabrdan boshlanib, 7-noyabrgacha davom etadi. Arizalarni rasmiy sayti orqali bepul jo‘natish mumkin.
  2. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. Ular qatorida mamlakatning Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi, Qatar Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiya agentligi kabilar bor.
  3. 20-oktabrdan mahalliy poyezdlarning chipta narxlari oshiriladi. Xususan, yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50%ga, Afrosiyob elektropoyezdlari chiptalari esa 100%ga oshiriladi.
  4. O‘zbekistonda energetika bozori regulyatori tashkil etiladi. Kelasi yilning yarmiga borib, elektrni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi O‘zenergosotish, magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari tomonidan to‘liq amalga oshiriladi.
  5. “Relokantlarning chiqib ketishi IT-xizmatlari eksportiga ta’sir qilmaydi” — Raqamli texnologiyalar vazirligi. Shuningdek, xorijliklarning kelishi mahalliy IT-bozorining o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmagani qayd etildi.
  6. “AVO bank"ka ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga cheklov qo‘yildi. Sobiq O‘zagroeksportbank qonunchilikka muvofiq ustav kapitalini belgilangan miqdorga oshirmagani sabab, kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi.
  7. 1-noyabrdan yirik maishiy elektr energiyasi iste’molchilari uchun to‘lovlar oshiriladi. Agar iste’mol oyiga 1000 kVt/soatdan ko‘p bo‘lsa, oshirilgan koeffitsient qo‘llaniladi.
  8. Alisher Usmonov Germaniyadagi villasida o‘tkazilgan reyd yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, milliarderning shaxsiy mulki to‘g‘ri deklaratsiya qilingan. Shuningdek, uning daromadlari va xarajatlari haqida Germaniya huquq-tartibot idoralariga ma’lumot berilgan.
  9. Kremlda O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari uchrashdi. Tomonlar nimalarni ilgari surmoqda? Xususan, Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
  10. Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazish jarayoniga start berildi. Rossiya prezidenti Putin Rossiya ishonchli tabiiy gaz yetkazib beruvchi maqomini tasdiqlashini qayd etib, mamlakat bundan keyingi hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi.