Germaniya hukumati 5-oktabr kuni ertalab bojxonachilar va Markaziy sanksiyalar xizmati Alisher Usmonovning Bavariyaning Rottax-Egern shahrida, Tegernsi ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan villasiga reyd o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Natijada moddiy boyliklar, jumladan qimmatbaho avtomobillar, jumladan, “Mercedes Maybach S500” musodara qilingan.

Reyddan so‘ng nemis xavfsizlik kuchlari villadan tadbirkorning hibsga olingan mol-mulkini olib chiqgan.

Alisher Usmonovning matbuot xizmati Germaniyada o‘tkazilgan navbatdagi tintuv bo‘yicha munosabat bildirdi. Bu haqda Usmonov matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.

Usmonovning matbuot xizmati uning Germaniyada ko‘chmas mulkka ega emasligini ma’lum qildi.

“Ko‘rib chiqilayotgan mulk Usmonov foyda ko‘rmaydigan oilaviy ishonchli boshqaruvga ega”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Usmonov har doim qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan shaxsiy mulkini to‘g‘ri deklaratsiya qilgan, shuningdek, uni qaysi mablag‘lar evaziga qo‘lga kiritganini ham oshkor qilgan, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilning may oyida Usmonov Germaniya huquq-tartibot idoralariga so‘nggi 20 yil davomida Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida qo‘lga kiritgan barcha mol-mulki, shuningdek, ushbu davrdagi daromadlari va xarajatlari haqida ma’lumot bergan.

“Bir paytlar o‘zi tashkil etgan trest mulkiga nisbatan Usmonov uning ta’sischisi ekanligini, biroq u mulkdor emasligini va uning aktivlarini boshqarish huquqiga ega emas”, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.


Avvvalroq Alisher Usmonov Germaniya sudiga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar berilgandi.

Da’voga ko‘ra, milliarderning Dilbar yaxtasida tintuv o‘tkazilishi, uy-joy daxlsizligi huquqini buzadi va Usmonov buzganlikda ayblanayotgan qonun bandi konstitutsiyaga zid hisoblanadi.

Germaniyada Usmonov soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, pul yuvish va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzishda gumon qilinmoqda.

2022-yilning kuzida nemis politsiyasi egasini Usmonov deb hisoblagan villada ham tintuv o‘tkazdi. 2023-yil may oyida Frankfurt sudi milliarder bilan bog‘liq obyektlarda tintuv o‘tkazishni noqonuniy deb e’lon qildi.


Iyun oyida AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni qora ro‘yxatga kiritgandi.

Alisher Usmonov Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanganidan bir necha kun o‘tib Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya sanksiyalariga uchragan.

Biroq, AQSh moliya vazirligi maxsus bosh litsenziyaga ega bo‘lgan rossiyalik milliarderning kompaniyalarini sanksiyalardan chiqarib tashladi.

Iyul oyida Usmonov “USM” kompaniyalarining bankrot bo‘lish xavfini keltirib, YeI sanksiyalariga sud orqali eʼtiroz bildirishga uringani maʼlum bo‘ldi.

Sentabr oyida Vengriya rasmiylari tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlashni talab qilgan, biroq tez orada o‘z talabini qaytarib olgan.

Biroz vaqt o‘tgach, YeI milliarderning singlisi Saodat Nurzievaga nisbatan cheklovlarni olib tashladi.

Noyabr oyida OAVda O‘zbekiston hukumati Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘rab Yevropa Ittifoqiga murojaat qilgani va unga huquqiy yordam taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Joriy yil yanvar oyida Alisher Usmonov pensiyaga chiqishi haqida xabar berilgandi. Milliarder sanksiyalarga qaramay, O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda davom etish niyatini bildirgan.