Avvalroq iqtisodchi Otabek Bakirov joriy yilning 1-noyabridan O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli uchun o‘suvchi koeffitsient qo‘llanilishini qayd etgandi.

Uning ta’kidlashicha, bu joriy yilning 15-iyulida qabul qilingan hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur postdan so‘ng, Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev munosabat bildirib, turli savollar yuzaga kelmasligi uchun tushuntirish berdi.

Hasan Toshxo‘jayev aholi uchun tarif narxi oshirilmasligi, 2019-yilda tasdiqlangan darajada — kilovatt/soat uchun 295 so‘m bo‘lib qolishini qayd etdi. Biroq, elektr energiyasining yirik maishiy iste’molchilari uchun oshirilgan koeffitsientlar joriy etiladi.

Buni Toshxo‘jayev “odamlarda tejamkorlik kayfiyatini kuchaytirish hamda “yashirin iqtisodiyot” unsurlariga barham berish maqsadida amalga oshirilishi bilan izohlagan.

O‘zgarishlar faqat oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq energiya ishlatadigan abonentlarga ta’sir qiladi. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bular 7,58 mln abonentning 2%dan kamrog‘ini tashkil qiladi.

Turli xil iste’mol hajmlari uchun quyidagi koeffitsientlar kiritiladi:

  • 1 dan 5 ming kVt/soatgacha tarif 2 barobarga oshadi (590 so‘mgacha);
  • 5 dan 10 ming kVt/soatgacha — 3 barovar (885 so‘m);
  • 10 ming kVt/soatdan ortiq — 4 barobar (1180 so‘m).

Koeffitsientlarning har biri faqat belgilangan chegaradan yuqori bo‘lgan iste’mol hajmiga tegishli. Masalan, oyiga 1200 kVt/soat elektr energiyasidan foydalangan abonent uchun ikki tomonlama tarif faqat 200 kVt/soatga amal qiladi.

Toshxo‘jayev elektr energiyasi uchun to‘lov miqdorini hisoblashga bir nechta misollar keltirdi:

Iste’mol hajmi (kVt/s)
Koeffitsientga muvofiq narx, kVt/soat uchun so‘m


Summa, so‘m
1000gacha
1001−5000
5001−10000
10001 и более
1 (295)
2 (590)
3 (885)
4 (1180)
1000
295 000
-
-
-
295 000
4850
295 000
2 271 500
-
-
2 566 500
9420
295 000
2 360 000
3 911 700
-
6 566 700
12 400
295 000
2 360 000
4 425 000
2 832 000
9 912 000

Amaldagi tarif bo‘yicha ikkinchi iste’molchi 1 430 750 so‘m to‘laydi va 1 135 750 so‘m subsidiya oladi, deyiladi xabarda. Uchinchi va to‘rtinchi holatlar uchun subsidiyalar mos ravishda 3,78 mln va 6,25 mln so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, o‘zgarishlardan iste’molchilarning oz qismiga ta’sir qilishi ta’kidlangan. Faqatgina 146 mingdan ortiq abonent oyiga 1000 kVt/soatdan ko‘p, 10 ming abonent 5 ming kVt/soatdan ortiq va 4 ming abonent 10 ming kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi iste’mol qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda energetika bozori regulyatori tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.