“O‘zbekiston milliardlab halol dollarlarni bemalol jalb qila oladi” — Xondamir Nusratxo‘jayev islomiy moliyani joriy qilish haqida

Islom taraqqiyot banki vakili islomiy moliyaning asosiy tamoyillari va ushbu tizimni O‘zbekistonda joriy etish va rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Humans Group asoschisi Vladimir Dobrinin tavsiya etgan 9ta kitob

Tadbirkor o‘zining notinchlikka moslashishiga va hatto eng qiyin biznes dilemmalariga yechim topishiga yordam beradigan sevimli kitoblarini Spot bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda avtokreditlar. 2023-yil oktabr oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 20 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 20%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


QurtTaw: qanday qilib 16 yoshli Abubakr 300 000 so‘m bilan qurt biznesini boshladi?

Abubakr Saidov biznesga qanday kirib kelgani, ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va xatolari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati aniqlandi.
    Mukofot ayollar mehnat bozoridagi tadqiqotlari uchun amerikalik Klaudiya Goldinga beriladi.
  2. O‘zbekistonda bloklangan TikTok soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
    Endilikda Tiktok uchun xizmatlarga 12% QQS hisoblanadi. Tarmoq mamlakatda 2021-yili bloklangandi.
  3. Issiq suv hisoblagichlari uchun Telegram-bot yaratildi.
    Bot yordamida hisoblagich ko‘rsatkichlarini jo‘natib, ma’lumotlarni olish mumkin.
  4. Google shaxsiy hisoblar uchun parolsiz kirishni standart variantga aylantirdi.
    Endilikda sozlamalardagi xavfsizlik yorlig‘ida “Iioji bo‘lsa, parol so‘ramang” bandi orqali shaxsiy hisoblarga kirish mumkin.
  5. Sentabr oyida Toshkentda uy-joy narxlari qanday bo‘ldi?.
    O‘tgan oyda poytaxtda ko‘chmas mulk savdosi hajmi 24%ga pasaydi, o‘rtacha ijara narxi esa 2,2%ga o‘sdi.
  6. Auksionda “chiroyli” avtoraqam qariyb 315 mln so‘mga sotildi.
    Raqamning dastlabki sotuv bahosi 297 mln so‘m bilan boshlangan bo‘lsa, auksion yakunida uning narxi 314 mln 820 ming so‘mga yetdi.
  7. Rossiya Markaziy banki 1000 va 5000 rubllik yangilangan banknotlarni muomalaga chiqaradi.
    Qayd etilishicha, regulyator tomonidan yangilangan banknotlarning taqdimoti 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
  8. Matnlar uchun 13 ta eng yaxshi xizmatlar va neyron tarmoqlar.
    Ular orqali matn yaratish, uni tekshirish va xatolarini tuzatish, tahlil qilish, izohlash, tinish belgilarini tekshirish hamda boshqa vazifalarni bajarish mumkin.
  9. UzAuto Motors Captiva-5 narxlarini e’lon qildi.
    Narxlar komplektatsiyalar turiga qarab 299 mln 900 ming so‘mdan boshlanadi.
  10. Ketma-ket oltinchi oy: O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarida yana kamayish kuzatildi.
    Bir oyda mamlakat zaxiralari $1,65 mlrdga kamayib, $31,03 mlrdni tashkil etdi.