11-oktabr kuni avtoraqamlar onlayn auksionida “777” raqamlar kombinatsiyasiga ega avtoraqam qariyb 315 mln so‘mga sotildi.

Raqamning dastlabki sotuv bahosi 297 mln so‘m bilan boshlangan bo‘lsa, auksion yakunida uning narxi 314 mln 820 ming so‘mga yetdi.

10-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda chiroyli davlat avtomobil raqami salkam 900 mln so‘mga sotilgani aks etgan surat paydo bo‘lgandi.

avtomobil raqami, chiroyli raqamlar, onlayn auksion

Unga ko‘ra, 01 777 RRR davlat raqami uchun 893 mln so‘m yoki amaldagi kurs bo‘yicha $75 ming to‘langan.

2022-yilning 6-may kuni 50 777 ZZZ avtoraqami 669 mln 600 ming so‘mga sotilgandi.

Iyun oyida Hukumat qarori bilan “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.

Qaror bilan oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining ro‘yxati yangilandi.

2023-yil 1-iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang‘ich narxda auksion savdolariga qo‘yiladi.

Shuningdek, avtomobil boshqa shaxsga o‘tkazilganda uning oshirilgan stavkada olingan “chiroyli raqami” yo‘l harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanishi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlash uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida pul to‘lanadi.

Ilgari qo‘shimcha 12 oy saqlash tartibi bo‘lmagan, 12 oydan keyin “chiroyli raqam” olib qo‘yilgan.

Auksionda raqobat tartiboti amalga oshmadi deb e’tirof etilganda (ikkinchi g‘olib rad etgan yoki xaridorlar mavjud bo‘lmaganda), axborot tizimida avtotransport vositalari uchun RO‘DRBni oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha berishni 5 kun muddat ichida avtomatik ravishda qaytadan e’lon qilinadi.


Avvalroq “Spot” gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlari bo‘yicha amalga oshiriladi.