“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi issiq suv hisoblagichlarining ko‘rsatkichlarini yuborish uchun “Telegram-bot"ni ishga tushirdi.

@vet_pokazaniya_bot botidan o‘zbek va rus tillarida foydalanish hamda hisoblagich ko‘rsatkichlarini bir necha daqiqada u orqali yuborish mumkin.

Ma’lumotni jo‘natish uchun shaxsiy hisob va telefon raqamni yuborish kerak. Ma’lumotlarni olgandan so‘ng, “Telegram-bot” tasdiqlash uchun so‘rov yuboradi.

Agar kvartirada 2 va undan ortiq hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsa, unda ko‘rsatkichlarni jamlab, umumiy summani botga yuborish zarur.

issiq suv, telegram bot, veolia energy tashkent

Bundan tashqari, agar ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, to‘g‘ri ma’lumotlarni botga qayta yuborish kerak. Oxirgi olingan ko‘rsatkichlar “Veolia Energy Tashkent” ma’lumotlar bazasida ko‘rsatiladi.

Kompaniya bot orqali olingan ko‘rsatkichlarni iste’molchilarning shaxsiy akkauntlariga muntazam ravishda yuklab boradi.

“Telegram-bot"ga havola.

Avvalroq “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi issiqlik ta’minoti bo‘yicha aloqa markazini ishga tushirgandi.