2023-yil may oyida kompaniya barcha “Google” hisoblari uchun yangi avtorizatsiya usulini — “Passkey"ni taqdim etgandi.

Avtorizatsiya qilish uchun foydalanuvchi o‘z qurilmasidan foydalanishi mumkin — kirishni barmoq izi, yuzni tanish yoki PIN kod bilan tasdiqlash.

Endi “Google” Passkey’ni shaxsiy hisoblar uchun standart variantga aylantirganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Keyingi safar foydalanuvchi o‘z akkauntiga kirganda, kirish kalitini qanday yaratish va undan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ko‘radi. Sozlamalardagi “Xavfsizlik” yorlig‘ida “Iloji bo‘lsa, parol so‘ramang” bandi paydo bo‘ldi.

google, passkey

Hozircha foydalanuvchilar kirish kalitlarini rad etishlari va tizimga kirish uchun paroldan foydalanishlari mumkin.

Buning uchun sozlamalardagi variantni o‘chirib qo‘yish kerak. “Google” qachon bu tizimga kirish opsiyasidan butunlay voz kechishni rejalashtirayotganini aytmadi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, kalitlarning afzalliklari soddaligi (chunki foydalanuvchilar uzoq parollarni eslab qolishlari shart emas), fishingga qarshilik va hisob qaydnomasiga tezroq kirishni o‘z ichiga oladi (“Google” parolni ishlatishdan 40% tezroq hisoblaydi).


Avvalroq “Spot” “Google” sun’iy intellektga ega “Assistant with Bard"ni ishga tushirgani haqida yozgandi.

Undan matn, ovoz yoki tasvirlar yordamida o‘zaro aloqada qilishda, ma’lumotlarni topishda foydalanish mumkin.