O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

11-noyabrdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 974,02 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 20 so‘m 8 tiyinga pasaydi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

2026-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $15 mlrd dan ortiqni tashkil etdi.

Unga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali $15,2 mlrd kelib tushgan. Bu 2025-yilning mos davridagi $13,9 mlrd ga nisbatan qariyb 9% ga, 2024-yildagi $11,3 mlrd ga nisbatan esa 34,6% ga ko‘pdir.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan chiqib ketgan mablag‘lar hajmi 2025-yilning yanvar-sentabr oylaridagi $1,93 mlrd ga nisbatan biroz oshib, $1,95 mlrd ga yetdi. 2024-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich $2,06 mlrd ni tashkil etgan edi.


Avvalroq Spot banklarda kassa va inkassatsiya qoidalari o‘zgartirilgani haqida yozgan edi.