Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi tomonidan Iqtisodiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti laureati aniqlandi.

Mukofot Falsafa fanlari doktori, Garvard universiteti professori va Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi aʼzosi, AQSh Milliy fanlar akademiyasi va Amerika falsafiy jamiyati aʼzosi Klaudiya Goldinga beriladi.

Iqtisodiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti unga ayollar mehnat bozori natijalari haqidagi tushunchani yaxshilagani uchun berildi.

Nobel qo‘mitasi bayonotida aytilishicha, modernizatsiya, iqtisodiy o‘sish va yigirmanchi asrda ayollarning mehnatdagi ulushi ortib borayotganiga qaramay, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi daromadlar tafovuti uzoq vaqt davomida sezilarli darajada to‘xtab qolgan.

O‘tgan yili bu yo‘nalishdagi mukofot AQSh Markaziy bankining sobiq rahbari Ben Bernanke, iqtisodchilar Duglas Daymond va Filip Dibvigga “Banklar va iqtisodiy inqirozlar sohasidagi tadqiqotlari” uchun berilgandi.

2022-yili bu yo‘nalishdagi mukofot uch amerikalikka topshirilgandi. Devid Kard “mehnat iqtisodiyotiga qo‘shgan empirik hissasi”, Joshua Angrist va Gvido Imbens “sabab-oqibat tahliliga qo‘shgan uslubiy hissasi” uchun nomzod bo‘lgandi.

2020-yilgi mukofot “Auksion nazariyasini takomillashtirish va yangi auksion formatlarini ixtiro qilgani uchun” amerikaliklar Pol Milgrom va Robert Uilsonga berilgandi.

2019-yilda esa Abhijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremerga “global qashshoqlikni kamaytirishga eksperimental yondashgani uchun” ushbu mukofotga laureat bo‘lgandi.