Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi tomonidan Iqtisodiyot bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti laureatlari aniqlandi.

Mukofot AQSh Markaziy bankining sobiq rahbari Ben Bernanke, iqtisodchilar Duglas Daymond va Filip Dibvigga “Banklar va iqtisodiy inqirozlar sohasidagi tadqiqotlari” uchun beriladi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, g‘oliblarning ishlari bank tizimlari bo‘yicha keyingi tadqiqotlar uchun muhim bo‘lgan.

Ularning tadqiqoti bilan iqtisodchilar banklar va bank faoliyatini tartibga solish, shuningdek, bank inqirozlari va ularni boshqarish usullari haqidagi tushunchalarini kengaytiradilar.

O‘tgan yili bu yo‘nalishdagi mukofot uch amerikalikka topshirilgandi. Devid Kard “mehnat iqtisodiyotiga qo‘shgan empirik hissasi”, Joshua Angrist va Gvido Imbens “sabab-oqibat tahliliga qo‘shgan uslubiy hissasi” uchun nomzod bo‘lgandi.

2020-yilgi mukofot “Auksion nazariyasini takomillashtirish va yangi auksion formatlarini ixtiro qilgani uchun” amerikaliklar Pol Milgrom va Robert Uilsonga berilgandi.

2019-yilda esa Abhijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremerga “global qashshoqlikni kamaytirishga eksperimental yondashgani uchun” ushbu mukofotga laureat bo‘lgandi.