Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $44,75 mlrdni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22%ga o‘sdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 23,5%ga o‘sib, $17,74 mlrdni, import hajmi esa biroz sekinroq o‘sib (21%), $27,01 mlrdni tashkil etdi.

Xorijga oltin yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 90%ga o‘sganiga qaramay, joriy yilning may oyi darajasida qolmoqda — $5,63 mlrd. Uning fonida salbiy savdo balansi $9,27 mlrdga (+17%) yetdi.

Xitoy eng yirik savdo sherigi sifatida o‘z mavqeini mustahkamladi, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi $9,45 mlrdni yoki umumiy hajmning 21,1%ini tashkil etdi. Mazkur mamlakatdan import hajmi $7,59 mlrdga yetgan.

Rossiya O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozori bo‘lib qolmoqda ($2,32 mlrd), mamlakat bilan tovar ayirboshlash $7,03 mlrdni tashkil etdi. Bundan tashqari Qozog‘iston ($3,22 mlrd), Turkiya ($2,35 mlrd) va Janubiy Koreya (1,69 mlrd) bilan faol savdo olib borilmoqda.

Eksport

Oltinni hisobga olmaganda, ishlab chiqarilgan mahsulotlar yana eksportning yetakchi tovar obyektiga aylandi. Bunda, 8,5%ga kamayganiga qaramay, ulardan tushum $3 mlrddan oshdi.

Yarimdan sal ko‘prog‘i to‘qimachilik va gazlamalarga ($1,56 mlrd, -10,5%), undan keyingi o‘rinda rangli metallar ($1,01 mlrd, -12,4%) hissasiga to‘g‘ri keladi. Po‘lat va cho‘yan eksportidan tushgan daromad 43,5%ga ($160,8 mln), charm va mo‘yna mahsulotlaridan 37%ga ($31,6 mlrd) oshdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari %1,28 mlrd daromad keltirdi (+19%). Avvalgidek, uning asosiy qismi meva-sabzavot ($844,5 mln, +10,7%) va don mahsulotlari ($368,6 mln, +63,5%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Go‘sht mahsulotlari eksporti qariyb 4 baravarga ($2,2 mln) oshdi.

Kimyoviy mahsulotlar eksporti o‘tgan yilgi darajasini ($974,3 mln) deyarli tiklandi. O‘g‘itlarning 20%ga kamayishi ($244,2 mln) noorganik moddalar ($400,7 mln, +30,3%) hisobiga qoplandi.

Mashinasozlik mahsulotlarini jo‘natish $943,2 mlnni tashkil etdi va toifalar orasida eng tez o‘sishni ko‘rsatdi (+43,8%). Xususan, apparat va elektronika bo‘limida yetkazib berish 3,4 barobar ($98,3 mln), “ma'lumotlarni avtomatik qayta ishlash uskunalari” bo‘yicha esa 3,2 barobar ($22,8 mln) oshgan.

Avtomobillar va ularning butlovchi qismlari eksporti ham sezilarli darajada oshdi ($354,4 mln, +42,6%). Ixtisoslashtirilgan mashinalar yetkazib berish hajmi uchdan birga ($53,9 mln), nomaxsus sanoat uskunalari esa chorak ($61,9 mln)ga oshgan.

Iste’mol tovarlari va boshqa tovarlarni ishlab chiqarish sohasida eksport hajmi $922 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 20%ga yuqori natija ko‘rsatgan. Shunday qilib, kiyim-kechak yetkazib berish $774,5 mlnga yetdi, mebel ($11,6 mln) va poyabzal ($26,9 mln) eksporti pasaydi.

Tovarlarning aksariyati hali ham kamayib bormoqda. Gazdan tushgan daromad 47%ga ($411,7 mln), o‘g‘itlar uchun xom ashyodan deyarli uch barobarga ($19,5 mln) kamaydi. Shu bilan birga, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ikki barobarga oshib, $217,7 mlnga yetdi.

Import

Tovarlar importi tarkibida mashinasozlik mahsulotlari $10,3 mlrd (+45,4%) bilan oldinda. Avtotransport vositalari importi 3,15 mlrdga tushdi, jumladan, butlovchi qismlar uchun — $1,04 mlrd. Maxsus sanoat mashinalariga $2 mlrddan ortiq mablag‘ sarflandi.

Elektron mahsulotlar yetkazib berish 69%ga ($684 mln) oshdi. Samolyotlar importiga xarajatlar ham o‘sishda davom etmoqda va to‘qqiz oy ichida 559 mlnni tashkil etdi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish 4,49 mlrdga (+5,7%) tushdi. Cho‘yan va po‘lat yetkazib berish biroz qisqardi ($1,78 mlrd), shu bilan birga, mato importi chorakdan ko‘proqqa ($498,8 mln) oshdi.

Uchinchi o‘rinda $3,58 mlrd bilan kimyo mahsulotlari, o‘g‘itlar importi 2,6 barobar oshib, $141,6 mlnni tashkil etdi, farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish $1,1 mlrddan oshdi, biroq o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

Oziq-ovqat importi $2,54 mlrdni (+7,6%) tashkil etdi, shundan $848,2 mlni (+19,1%) don mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Shakar va qandolat mahsulotlariga $442,2 mln (+6,6%), qahva, choy, kakao va ziravorlar uchun $260,7 mln (+23,4%) sarflangan.

O‘zbekiston yoqilg‘i-moylash materiallari importini ham sezilarli darajada oshirdi. Neft va neft mahsulotlari yetkazib berish $1,18 mlrdga (+35,6%), gaz $487,9 mlnga (+83,4%) yetdi. Ko‘mir xaridlari ham sezilarli darajada oshdi — $139,1 mln (+72%).

Avvalroq O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5,8%ni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Inflyatsiyaning pasayishi tendensiyasi davom etmoqda, bu esa iqtisodiy muhitni barqarorlashtirishga olib keladi.