Banklardagi ipoteka kreditlari. 2023-yil noyabr oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 10 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Hech bir normal investor O‘zbekistonga kelmaydi” — brokerlar valyutani konvertatsiya qilish qoidalariga kiritilayogan o‘zgartirishlar haqida

Spot fond bozori ishtirokchilari bilan Markaziy bank tomonidan taklif etilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha suhbatlashdi va ularning fikrlarini to‘pladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Muxbirlikdan IT-biznesiga: qanday qilib 10ta kompyuter bilan ochilgan markaz bugun 6000 o‘quvchiga ega bo‘ldi?

Xorazmdagi DATA o‘quv markazi rahbari Shahzod Sobirov nega IT-sohasidan ketgani, 0 dan boshlagan biznesi, 4 mlrdlik grantni yutgani, xato va xulosalari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari

Mazkur ipoteka kreditini olishda fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

hafta yakuni, yangiliklar


Biznesmenlar tarixi: Walt Disney kim bo‘lgan va qanday qilib o‘z nomini brend darajasiga olib chiqqan?

Spot tadbirkorlar hayoti haqida hikoya qiladigan maqolalar ketma-ketligini yo‘lga qo‘ymoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Shveysariya maktabi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
    Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishi mumkin. Uch oylik amaliyot davomida ishtirokchilarga $1800 miqdorida oylik stipendiya beriladi.
  2. Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
    Xususan, foydalanuvchilar uchun bepul Telegram Premium, yutuqli o‘yinlar yaratish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
  3. Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish shartlarini qat’iylashtirishni taklif qilmoqda.
    Regulyator tayyorlagan qonun loyihasi tadbirkorlarning chet el valyutasini sotib olishi ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi.
  4. YouTube ikkita yangi sun’iy intellekt funksiyalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
    Birinchisi, sharhlarni mavzularga jamlash bo‘lsa, ikkinchisi esa tomosha qilayotgan video haqidagi savollarga javob bera oladigan chat-bot hisoblanadi.
  5. O‘zbekistonliklarga ChatGPT’ga kirish huquqi berildi.
    Endilikda neyron tarmoqdan o‘zbek raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanish mumkin.
  6. Transport, savdo, energetika va turizm — prezident IHT sammitida qanday takliflarni bildirdi?.
    Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish, Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish hamda qo‘shma turistik marshrutlarni joriy etish kabilar bildirildi.
  7. “Hech bir normal investor O‘zbekistonga kelmaydi” — brokerlar valyutani konvertatsiya qilish qoidalariga kiritilayogan o‘zgartirishlar haqida.
    Spot fond bozori ishtirokchilari bilan Markaziy bank tomonidan taklif etilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha suhbatlashdi va ularning fikrlarini to‘pladi.
  8. 2024-yildan mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi.
    Shuningdek, nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.
  9. Poytaxtda Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi mumkin.
    Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan Toshkent shahriga o‘tkaziladigan qariyb 20 ming gektar hududda Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
  10. Kibersport bo‘yicha hukumat kubogiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Musobaqalar ikkita o‘yin — Counter Strike 2 va Dota 2 bo‘yicha o‘tkazilib, unda 16 yoshga to‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishi mumkin.