“Spot” xorijlik va o‘zbekistonlik muvaffaqqiyatli biznes asoschilari hayoti haqida hikoya qiladigan “Biznesmenlar tarixi” sahifasini yo‘lga qo‘ymoqda.

Birinchi maqolada ko‘pchilikka tanish “Chip va Deyl”, “Zolushka”, “Sohibjamol va mahluq”, “Muz yurak” hamda “Qirol sher” singari multfilmlar yaratuvchisi Walt Disney hayoti, qanday qilib bu sohaga kirib kelgani hamda boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklari haqida so‘z yuritamiz.



U kim?

Walt Disney — asl ismi Walter Elias bo‘lgan ushbu ijodkor, 1901-yil 5-dekabrda AQShning Chikago shahrida tug‘ilgan. Otasi kanadalik, onasi esa germaniyalik bo‘lgan Walter, tengqurlari orasida o‘zining noyob qobiliyati, teran va o‘zgacha fikrlashi bilan ajralib turgan.

Bolaligi Marseline shahridagi fermada o‘tgan. Asosan, poyezdlar rasmini chizishga qiziqqan. Ulg‘aygach esa AQSh kinemotografiyasi olamida mashhur animator, mahoratli rassom va prodyuser sifatida nom qozongan.

biznesmenlar tarixi, walt disney

1919-yilda kino sohasiga kirib kelgan Walt Disneyning dastlabki mult-qahramonlari  Donald Dak hamda Mikki Maus edi.

Bu va boshqa mashhur ijod namunalari uchun Disney 26 marta Oskor mukofoktini qo‘lga kiritgan.

Disney studiyasi

Walt Disney va ukasi Roy Disney tomonidan 1923-yilda “Disney Brothers studio"siga asos solinadi. 75 yildan ortiq tarixga ega ushbu kinokopaniya tomonidan tayyorlagan multfilmlar orasida “Qirol sher”, “Nemo”, “Pinokio”, “Chip va Del”, “Zolushka”, “Sohibjamol va mahluq”, “Muz yurak”, “Vinni pux”, “Sindrella” singari ko‘plab kartinalarni keltirish mumkin.

Bugungi kunda “Disney” kompaniyasining sof daromadi $2,2 mlrdni tashkil etadi. Kompaniyada jami 190 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Disneyning “Pixar”, “Marvel”, “Star Wars”, “ESPN”, “Twentieth Century Studios” va “National Geographic” singari kuchli brendlari va franshizalari yaratilgan.

Disneyland qanday yaratilgan?

Disney ikki qiziga quvonch baxsh etish uchun ularni tez-tez hayvonot bog‘lariga, ko‘ngilochar maskanlarga olib borgan. Lekin farzandlari u yerda zerikib qolayotganini sezgan ota, bolalar uchun ertaknamo, yangi maskan qurish haqida o‘ylab qoladi.

Shu tariqa bugun barchaga yaxshi tanish bo‘lgan afsonaviy “Disneyland” bog‘iga asos solinadi. 1955-yilning 17-iyulida esa AQShda birinchi Disney bog‘i ochiladi.

biznesmenlar tarixi, walt disney

Bugun bunday bog‘lar soni 12taga yetgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan.

1966-yil 15-dekabrda Walt Disney Los-Anjelesda 66 yoshida o‘pka saratonidan vafot etdi. Shundan so‘ng, Disney kompaniyasi o‘z filmlarida tamaki mahsulotlarini ko‘rsatmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Uning xotirasiga “Disneyland” bog‘ida o‘zi yoqtirgan mult- qahramonlaridan biri Mickey Mouse bilan qo‘l tutib turgan haykali o‘rnatilgan.