Inha rektori Muzaffar Djalalovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda u ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Toshkentdagi “Cambridge” o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov tavsiya qilgan 5ta kitob

Yosh tadbirkor shaxsiy rivojlanish va biznesga oid kitoblar tavsiyasini “Spot” bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Chexiyaning Masarik universiteti magistranti Gozzal Genjebaeva hikoyasi

U mamlakatdagi yashash tarzi, xarajatlar va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

“Spot” dekabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekiston oktabr oyida Xitoyga gaz eksportini biroz oshirdi.
    Biroq yil boshidan buyon ko‘k yoqilg‘i yetkazib berishdan tushgan daromad ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.
  2. Niderlandiyaning Spar supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kiradi.
    Riteyler Korzinka orqali faoliyat olib borishi hamda birinchi do‘konlari kelasi yilning o‘rtalarida ochilishi rejalashtirgan.
  3. O‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi.
    Xorijiy kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq davlat xaridlari talabgorlar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
  4. Saudiya Arabistoni kompaniyasi o‘zbekistonlik malakali xodimlarni ishga jalb qiladi.
    Birinchi bosqichda xizmat ko‘rsatish, aviatsiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi hamda qurilish sohalari bo‘yicha fuqarolarni ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
  5. Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.
    Tizim orqali internetsiz, karta va QR-kodli cheklarsiz to‘lovni amalga oshirish mumkin.
  6. Jahon banki O‘zbekistonga $50 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
    Mazkur mablag‘lar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida ish o‘rinlarini yaratish loyihalariga yo‘naltiriladi.
  7. Yandex Go ilovada sayohatlar uchun fiskal chek berishni ishga tushirdi.
    Shuningdek, kompaniya 1-dekabrdan O‘zbekiston hududida mahalliylashtirishni yakunladi va soliq rezidenti maqomini oldi.
  8. Moliyaviy tashkilotlarda fuqarolar o‘rtasidagi yirik pul o‘tkazmalari ustidan nazorat joriy etiladi.
    Markaziy bankka onlayn xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha texnik himoya usullarini yaxshilash topshirildi. Ketma-ket uch yoki undan ortiq o‘tkazmalar nazoratini avtomatik boshqarish joriy etiladi.
  9. Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi — The Economist.
    Yashash uchun eng qimmat shaharlar Singapur va Syurix, eng arzoni esa Damashq bo‘ldi.
  10. UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani ochadi.
    Endi kontraktatsiyani avtosalonlardan emas, faqat onlayn tarzda kompaniya sayti va ilovalari orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.