“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “Inha” universiteti rektori Muzaffar Djalalov bilan suhbatlashdik.

U kunini va ishini nimalarsiz tasavvur qilolmasligi haqidagi savollarga javob berish uchun ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Men juda ham minimalizm tarafdoriman, ish stolimda hujjatlar turmaydi. Chunki rahbar odamda hujjat turmasligi, uni yordamchilari yoki o‘rinbosarlariga taqsimlab berishi kerak.

Asosan ish stolimda yon daftar bo‘ladi, kerakli qaydlarni yozib olishim uchun qulay hisoblanadi. Shuningdek ish stolimda telefon qo‘yish uchun talabalarim sovg‘a qilgan moslama bor.

muzaffar djalalov, ryukzagda nima bor

Endi ryukzagimda nima borligini ko‘rsatsam, birinchi o‘rinda avtomobilim va uyimni hamda xonamning kalitlari bor. Shuningdek, tashrif qog‘ozlarimni olib yuraman. Yana albatta kichkina yondaftar bor, bu kostyumda solib yurishga qulay.

Ko‘zoynagim doim men bilan, ko‘zlarimni quyoshdan himoya qilish uchun va avtomobil haydaganimda taqib yuraman.

Hamyonimda asosan kartalar va ozgina naqd bor, hozir to‘lov tizimlari onlayn bo‘lgani hisobiga unchalik ko‘p naqd pul bo‘lmaydi.

Noutbukim “Macbook” emas, “HP” brendiga tegishli. Quvvati uzoq muddatga yetadi, ba’zida xizmat safarlarida ancha vaqt quvvatlantirmasdan foydalana olaman.

muzaffar djalalov, ryukzagda nima bor

Simsiz quvvatlovchi “powerbank”, har xil zaryadlovchi qurilmalar, “Sony” quloqchini bor. Albatta atir bor (kuladi).

Shuningdek, yaqinda Dubayga borganimda sotib olgan Muhammad bin Rashid Al Maktumning “The Sheikh CEO — Lessons in Leadership” kitobi bor va hozirda shu kitobni o‘qiyapman.

muzaffar djalalov, ryukzagda nima bor

Ryukzagimga kelsak, uni Koreyadan sotib olganman. Men uchun foydalanishga qulay, yengil kiyimlarimni solib xizmat safarlariga ketishim mumkin. Ixcham yuirshga harakat qilaman