Muvaffaqiyatsizlik qiymati: Nargis Mirzaahmedova $1 mlndan ortiq yo‘qotishlar va quruvchilardan ko‘rilgan zarar haqida

Bolalar va kattalar uchun ta’lim muassasalari, Karyera, Beshikdan karyera markazlari va Happy Time bolalar bog‘chasi hamda maktabining asoschisi va rahbari Nargis Mirzaahmedova o‘zining muvaffaqiyatsizliklari haqida ochiqchasiga so‘zladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Fransiyaning Sorbonne universiteti magistranti Zilola Egamberdiyeva hikoyasi

U Spot bilan suhbatda nima uchun Fransiyani tanlagani, mamlakatda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, yashash tarzi va qancha daromad topish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Telefonda gaplashish madaniyati: O‘zbekistonda qanday qoidalarga amal qilinadi?

Spot turli soha vakillarining telefon qo‘ng‘iroqlari, ovozli xabarlar va raqamli aloqa madaniyatiga qanday munosabatda bo‘lishlarini aniqlashga qaror qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Hasan Mamasaidovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda u ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi.
    Loyihaning umumiy uzunligi 305 kmni tashkil etib, avtomobil yo‘li I-a texnik toifali, 6 tasmali Avtomagistral talablari asosida quriladi.
  2. O‘zbekiston temir yo‘llari talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi.
    Undan 25-dekabrdan 7-yanvargacha bo‘lgan mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlarga foydalanish mumkin. Biroq, SV /VIP klass vagonlari va Afrosiyob elektropoyezdiga taqdim etilmaydi.
  3. YeTTB Markaziy Osiyoda yoshlar biznesini rivojlantirishga 200 mln yevro ajratadi.
    Loyiha doirasida 35 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlarga kreditlar ajratilib, treninglar va maslahat xizmatlariga jalb qilinadi.
  4. Elektrdan ortiqcha foydalangan aholini energiyadan avtomatik o‘chirib qo‘yish amaliyoti vaqtincha to‘xtatildi.
    Noyabrdan iste’molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan kelib chiqib, hisoblagich orqali 10−15 kW quvvat doirasida cheklov kiritilishi belgilangandi.
  5. Vodiy viloyatlarida metan zapravkalarga qo‘yilgan cheklovlar benzinga bo‘lgan talabni oshirdi — O‘zbekneftgaz.
    Buxoro va Farg‘ona NQZlarning benzin ishlab chiqarish hajmi 4 ming tonnaga oshirildi. Shuningdek, Rossiyadan import qilinayotgan AI-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi ham oshirilgan.
  6. UzAuto Motors dilerlik markazlari orqali avtomobillarni yetkazib berish muddatiga aniqlik kiritdi.
    Kompaniya xaridorlarga dilerlik markaziga yetkazilgan avtomobillarni 5 ish kuni ichida olib ketishni tavsiya qilmoqda.
  7. Qashqadaryoda bir yilda ikkinchi marotaba ichimlik va oqova suv tariflari oshirildi.
    29-dekabrdan ichimlik suvi narxi aholi uchun 2500 so‘mni, budjet tashkilotlari uchun 6 ming so‘mni hamda ulgurji iste’molchilar uchun 10 ming so‘mni tashkil etadi.
  8. Eron O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qildi.
    Mamlakat hukumati 32ta davlat fuqarolari uchun viza tartibini bir tomonlama bekor qilishni tasdiqladi.
  9. Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga nisbatan eksport sanksiyalarini joriy qildi.
    Ilgari ikkala firma ham oldin kiritilgan sanksiyalarni buzgani uchun Yevropa Ittifoqi va AQSh cheklovlariga duch kelgan.
  10. Metan zapravkalarga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi.
    Faoliyati cheklangan oltita hududdagi AGTKShlar mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ishini davom ettiradi.