24-yanvar kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Mirobod tumani — “Qorasuv” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Uchtepa tumani — “Vatan” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

2023-yilning iyun oyidan poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlari boshlangandi.

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. 26-iyulda mamlakat bo‘yicha elektr iste’moli 250,7 mln kVt/soatni tashkil etib, o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 5,8% oshgan.

Sentabrda energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi. 2026-yilga borib, elektr energiyasi talab va taklif asosida shakllanadigan erkin, ulgurji bozor ishga tushadi.