O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

“Spot” aprel oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni


“Bon!” qahvaxonalar tarmog‘i asoschisi Behzod Ashurov o‘zi bilan nimalar olib yuradi?


Biznes tarixi: Jon Shnatter Papa John’s pitsaxonasini qanday yaratgan?

Mazkur maqolada “Papa John’s” pitsa tarmog‘i qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi hamda uning kengayish jarayonlari haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonliklar Kanadadagi 5 mingta bo‘sh ish o‘rniga taklif etilmoqda.
    Ish haqi soatiga $30gacha bo‘lib, fuqarolar qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarda ishlashlari mumkin.
  2. Auksionda “chiroyli” mobil raqam 1 mlrd 70 mln so‘mga sotildi.
    Raqamning dastlabki sotuv bahosi 200 mln so‘m bilan boshlangan bo‘lsa, auksion yakunida uning narxi 1 mlrd 70 mln so‘mga yetdi.
  3. Prezident Namanganda $1,1 mlrdlik uchta elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi.
    O‘zbekgidroenergo oltita gidroelektr stansiyasi kaskadini, BAA va Germaniya kompaniyalari ikkita quyosh elektr stansiyasini quradi.
  4. Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
    Shuningdek, agentlik fuqarolardan ushbu mamlakat hududida bo‘lib turganda yoki chiqib ketyotganda amaldagi xavfsizlik choralari talablarini inobatga olishni so‘radi.
  5. Mercedes-Benz 529 mingta avtomobilini qaytarib oladi.
    Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga rul boshqaruvidagi dasturiy ta’minot xatosi sabab bo‘lgan.
  6. Alisher Usmonov Germaniya prokuraturasini jinoiy ishda aybladi.
    Qayd etilishicha, milliarder tomonidan berilgan ariza bo‘yicha ikki prokurorga nisbatan tergov boshlangan.
  7. Qozog‘iston va O‘zbekiston mamlakatga kirish talablarini soddalashtiradi.
    Endilikda ikki mamlakat fuqarolari bir-birining hududida 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishlari mumkin.
  8. Telegram foydalanuvchilari kiruvchi xabarlarni cheklashi mumkin bo‘ladi.
    Xabarlarni cheklash imkoniyati Rossiya, Ukraina va Belarus aholisiga 2024-yil 1-apreldan boshlab paydo bo‘ladi.
  9. Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 8 so‘mga oshib, 12628 so‘mni tashkil etdi.
  10. Xiaomi Xitoyda o‘zining SU7 elektromobiliga buyurtmalarni ochdi.
    Sotuv ochilganidan keyin yarim soatdan kamroq vaqt ichida kompaniya 50 mingta oldindan buyurtmalarni qabul qildi.