Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonliklar qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab fuqarolar qurilish sohasida quyidagi ishlarga taklif qilinadi:

  • duradgor;
  • payvandchi;
  • elektrik;
  • santexnik;
  • betonchi;
  • oynachi;
  • tom yopuvchi;
  • pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
  • o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va zarur hujjatlar:

  • 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi;
  • ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilish;
  • qurilish kasb-ta'limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom;
  • xorijga chiqish pasporti nusxasi.

Ish haqi barcha soliqlarni hisobga olgan holda soatiga $12,5dan $30gacha beriladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi. Har bir nomzod ma’lumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotlarni Migratsiya agentligining +998712023355, +998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin.