Qo‘llanma: xorijga qonuniy ishga qanday ketish mumkin va nimalarga e’tibor berish kerak?

“Spot” chet mamlakatlarga vaqtinchalik ishga ketish bo‘yicha ko‘p so‘ralayotgan savollarga migratsiya agentligi javoblarini keltirdi.

hafta yakuni


Asia Pharm asoschisi o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Mazkur materialda Oybek Dusmatov ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni


AQShning Humphrey Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Ilmiy unvonsiz magistratura darajasi uchun qabul qilinganlarga barcha xarajatlari qoplab beriladi.

hafta yakuni


O‘zbekistondagi banklarda kartadan kartaga pul o‘tkazmalari va to‘lov xizmatlari uchun komissiyalar

Mobil ilovada kartadan kartaga pul o‘tkazish imkoniyati mamlakatdagi 10ta to‘lov xizmati va 27ta bank foydalanuvchilari uchun mavjud.

hafta yakuni


Biznes tarixi: Christian Dior brendi qanday paydo bo‘lgan?

Mazkur maqolada “Christian Dior” brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi hamda uning kengayish jarayonlari haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga oshdi.
    Jahondagi rekord narxlar fonida Markaziy bank 12 tonnadan ortiq qimmatbaho metal sotdi.
  2. To‘lov qilinmagan shartnomalar uchun kontraktatsiya qayta ochiladi — UzAuto Motors.
    Kompaniya xaridorlardan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishni so‘ramoqda.
  3. Rossiya kompaniyasi Toshkentda ishbilarmonlik markazini quradi.
    Stroyproyekt loyihaga $10 mln miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya yo‘naltiradi.
  4. Coca-Cola Samarqand va Namanganda ikkita zavod qurish uchun $165 mln sarmoya kiritadi.
    Birinchi korxonani ishga tushirish joriy yil may oyiga, ikkinchisini esa 2025-yil boshiga rejalashtirilgan.
  5. BYD avtomobil zavodini iyun oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
    Birinchi bosqichda mayda uzelli yig‘ish yordamida Chazor va Song Plus Dm-1 modellari ishlab chiqariladi.
  6. Google fotosuratlarni tahrirlash uchun bepul vositalarni taqdim qildi.
    Ular orqali fotosuratdan keraksiz narsalarni olib tashlash, aniqlikni oshirish va fotosuratdagi yorug‘lik manbasini o‘zgartirish mumkin.
  7. Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashadigan krossovka taqdim qilindi.
    Ular 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, krossovkalar avtomatik ravishda oyoq o‘lchamiga moslashadi.
  8. O‘zbekiston temir yo‘llari yangi elektropoyezd dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
    Chizmalar Hyundai Rotem tezyurar poyezdi uchun qabul qilinadi hamda tanlov g‘olibi 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  9. O‘zbekiston va Qozog‘iston E-Permit tizimini ishga tushirdi.
    Yallama chegara bojxona posti orqali mamlakatlar o‘rtasidagi ilk elektron ruxsatnoma blankalari almashildi.
  10. O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasi taqiqlanishi mumkin.
    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga hamda Jinoyat kodeksiga bu bilan bog‘liq harakatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar kiritilmoqda.