“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Bu haqda kopmaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida dizaynerlardan “Hyundai Rotem” kompaniyasining 7ta yo‘lovchi vagondan iborat elektropoyezdi tashqi ko‘rinishi uchun dizaynerlik ishlari qabul qilinadi.

Vagonlarning 5tasi ekonom-klass, 1tasi ekonom-klass va bistro o‘rindiqlari bilan birlashtirilgan, qolgan 1tasi esa VIP o‘rindiqlardan iborat. Elektropoyezdning umumiy uzunligi — 175 metr.

Yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar dizaynida O‘zbekiston milliyligi maksimal darajada aks etib, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ramzlaridan keng foydalaniladi.

Dizaynni ishlab chiqishda, iqlimiy mavsumiy sharoitlarini va badiiy va konstruktor hujjatlariga mos kelishi kerak bo‘lgan qoplama rangini hisobga olish kerak.

Ishlar uchun qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • tashqi dizayn ekstereri milliy, madaniy va tarixiy qiyofaga mos elementlardan foydalangan holda ishlab chiqilishi;
  • bo‘yoq qoplamasining rangi xalqaro “Ral” rang kartatekasiga va dizayn loyihasiga muvofiq tanlanishi;
  • lokomotiv bilan vagonlar bitta butunlay naqshga ega bo‘lishi va yorug‘lik-iqlim xususiyatlari darajasiga qarab tartibga solinishi;
  • elektropoyezd yilning istalgan vaqtida, kam yorug‘lik sharoitda ham uzoq masofadan aniq ko‘rinishi, yilning turli vaqtlarida va barcha ob-havo sharoitida samarali ishlashi;
  • tomning dizayn ko‘rinishi quyosh nurlarini ko‘proq to‘suvchi engilroq ranglardan (och kulrang) foydalanish
  • bo‘yoq qoplamlari fors-major holatlarida tezda tiklanishi va boshqalar.

Dizayn takliflari kamida 5ta variantda taqdim etiladi. Elektr poyezdining tuzilishi va tashqi ko‘rinishi bu yerda keltirilgan.

Tanlov g‘olibi 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Poyezdda o‘z dizaynidan tashqari g‘olibning bosh harflari ham tasvirlanadi.

Ishtirokchilar ishlanmalarni joriy yilning 12-mayigacha dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga jo‘natishlari mumkin.

Mavzu satrida “Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi” matni hamda ishtirokchining aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 299 92 66 telefon raqami orqali olish mumkin. Tanlov shartlari bu yerda.

Qayd etilishicha, asosan, sotib olingan harakatlanuvchi tarkib Toshkent shahridan Urganch, Xiva va Nukus shaharlariga yoki ular o‘rtasidagi yo‘nalishdagi elektrlashtirilgan va elektrlashtirilayotgan temir yo‘l liniyalarida harakatlanadi.

Avvalroq Toshkent-Xiva yo‘nalishi uchun Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelinishi ma’lum qilingandi. 7 vagondan iborat elektropoyezd 351ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi va soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi.