“Google” keraksiz narsalarni olib tashlash va fotosuratlar ravshanligini oshirish uchun bepul vositalarni yaratadi.

Ilgari ular faqat “Google One” obunachilari va “Pixel” smartfonlari egalari uchun mavjud edi.

2024-yil 15-maydan boshlab “Magic Eraser” (fotosuratdan keraksiz narsalarni olib tashlash), “Photo Unblur” (aniqlikni oshirish) va “Portrait Light” (fotosuratdagi yorug‘lik manbasini o‘zgartirish) barcha “Google Photos” foydalanuvchilari uchun obunasiz foydalanish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, barcha “Pixel” qurilmalarida ilg‘or sun’iy intellket foto muharriri “Magic Editor” mavjud.

Misol uchun, fotosuratlardagi osmon rangini yoki obyektlarning o‘rnini o‘zgartirish uchun foydalanish mumkin.

“Google One” obunasi va “Pixel” qurilmalari bo‘lmagan “Google Photos” foydalanuvchilari har oyda 10 ta bepul “Magic Editor” saqlashiga ega bo‘ladilar.


Avvalroq “Spot” “Google” sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega “Chromebooks Plus"ni ishga tushirgani haqida yozgandi.

Undagi “Google Photos” bir nechta yangilanishlarni olib keladi, jumladan Magic Eraser (Androiddan olingan xususiyat), bu tasvirlardan keraksiz narsalarni, shuningdek, HDR va portretni xiralashtirishni olib tashlaydi.

Shu bilan birga, ilova tanlangan surat va videolar asosida avtomatik ravishda filmlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.