E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Ma’lumotlar banklar va xizmatlarning rasmiy veb-saytlari maʼlumotlaridan, shuningdek, call-markaz operatorlari va boshqa xizmat ko‘rsatish kanallari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


To‘lov xizmatlari

“Spot” “UZCARD”, “HUMO” to‘lov tizimining bank kartalari o‘rtasida va “UZCARD” kartasidan “HUMO"ga pul o‘tkazishda komissiyalarni o‘rganib chiqdi.

Shu bilan birga, mobil ilovaga ulangan o‘z kartalari va uchinchi tomon banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalari uchun komissiyalar hisobga olindi.

O‘zbekistondagi to‘lov xizmatlari, an’anaviy va raqamli banklarning mobil ilovalaridagi pul o‘tkazmalari shartlarini solishtirdik. Mobil ilovada kartadan kartaga o‘tkazish imkoniyatidan mamlakatdagi 10ta to‘lov xizmati va 27ta bank foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.

“Humans” O‘zbekistondagi istalgan banklarning “UZCARD” va “HUMO” kartalari o‘rtasida bepul pul o‘tkazmalarini taklif etadi va “VISA” kartalariga ega. Pul o‘tkazish uchun sizda “Humans” SIM-kartasi bo‘lishi kerak. Oyiga 5 mln so‘m chegaradan oshib ketgandan so‘ng komissiya miqdori 0,25%ni tashkil qiladi. Bunda “HUMO” o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari mustasno.

“Alif Mobi"da ilovada kommunal to‘lovlarni to‘lash orqali foizsiz o‘tkazmalar uchun limitni oshirish mumkin. Bu xizmatdan foydalanmaganda esa, foiz miqdori 0,5%ni tashkil qiladi. “Multicard"da barcha turdagi kartalar o‘rtasida pul o‘tkazmalari uchun 0,3% komissiya amal qiladi.

To‘lov xizmati nomi

UZCARD/UZCARD
UZCARD/HUMO

HUMO/HUMO
Oz kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari

Humans
0−0,29%
0%

Alif mobi
0,3%
-
Beepul
0.5%
Multicard
0,4%
0,1%

OSON
0,5−1%
0,35%
0%-1%
Paynet
0,5%
0,1%
-
Click
1%
Payme
1%
UPay*
1%
Payway
0,5%
-

*"UPay" xizmatida ro‘yxatdan o‘tmasdan so‘m kartasini ulash va kartalar o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin emas.

Banklar

Quyidagi jadvalda anʼanaviy va raqamli banklarning mobil ilovalarida pul o‘tkazmalari uchun to‘lovlar ko‘rsatilgan. Aksariyat banklarda kommissiya to‘lovlari 0,5−1%ni tashkil qiladi. Lekin foiz stavkasi pastroq banklar bor. Masalan, “Anorbank” va “Tenge Bank"da — 0,4%, “Ozsanoatqurilishbank"da — 0,35%.

“Davrbank” boshqa banklar kartalari o‘rtasida foizsiz komissiyalar uchun 3,5 mln so‘mgacha, bankning shaxsiy kartalari egalari uchun esa 5 mln so‘mgacha bo‘lgan chegarani belgiladi. “Tengebank"da esa foizsiz o‘tkazmalar miqdori 3 mln so‘mgacha. “Hamkorbank"da bu limit 5 mln so‘mni tashkil qiladi.

“InfinBank” boshqa banklarga nisbatan past foizni ushlab turadi — 0,25%, “HUMO” va o‘z kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari bepul.

“KDB Bank”, “Kapitalbank” va “Universal Bank"da boshqa bank kartalarini ilovaga ulash imkoniyati mavjud emas. “KDB Bank” “HUMO” shaxsiy kartalari o‘rtasida o‘tkazmalar — 0% va “UZCARD” 1%gacha.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.

Bank nomi
UZCARD/UZCARD
UZCARD/HUMO

HUMO/HUMO
Oz kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari
Agrobank
0,5%
0%
Anorbank
0,4%
0,1%
0%
Asakabank
0,25%
0%
Aloqabank
0,5%
0%
Asia Alliance Bank
0,5%
0%
Davrbank
0−0,35%
Garantbank*
0,5%
0%
Hamkorbank
0,5%
0%
0,5%
InfinBank*
0,25%
0%
Ipak Yo‘li Banki
0,5%
0%
Ipotekabank
0,5%
Kapitalbank
0,7%
0%
KDB Bank Uzbekistan
-
-
0−1%
Mikrokreditbank*
0,5%
0%
Orient Finans Bank***
0,5%
0%
Biznesni rivojlantirish banki
0,5%
0%
0,5%
Ravnaq-bank*
1%
0%
Sanoatqurilishbank
0,5%
0%
TBC Bank
0,7%
0%
Tenge Bank*
0,3−0,4%
0%
Trastbank*
0,25%-0,5%
0%
0−1%
Turonbank
1%
Uzum Bank
0,7%
0%
-
Universalbank*
0,5%
Xalq banki*
0,5%
0%
Ziraat Bank Uzbekistan
0,5%
0%
O‘zmilliybank****
1%

*Pasport ma’lumotlari va selfi fotosuratini kiritmasdan, bank kartalarini ulash va kartalar o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin emas. Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan.
**"Ziraat Bank Uzbekistan" ilovasidan foydalanish — so‘m kartasini ulash va boshqalarga pul o‘tkazish uchun mijoz bank bilan bog‘lanishi kerak. Xodimlar maxsus kod chiqaradi, uni kiritgandan so‘ng barcha bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ochiladi.
***Kartalarni “OFB” ilovasiga ulash uchun sizda bank tomonidan chiqarilgan karta bo‘lishi kerak.
****Bankning ish haqi bo‘yicha mijozi bo‘lganda 10 mln so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalar yuborish mumkin.