“Samsung” yangi “Galaxy S25” smartfonlarini taqdim etdi
“Galaxy S25” narxi $799, “S25 Plus” $999, “S25 Ultra” $1299ga baholanib, sotuv 7-fevraldan boshlanadi.
Foto: Hi-Tech Mail
“Samsung” kompaniyasi “Galaxy S25” smartfonlarini o‘z ichiga olgan “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazdi.
Galaxy S25 и S25 Plus
Ikkala smartfon ham “Qualcomm Snapdragon 8 Elite” va 12 GB operativ xotira chiplari bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun: avvalgi “S24” modelida 8 GB operativ xotira mavjud edi.
Ekranlar — Dynamic AMOLED 2X, “S25” diagonali — 6,2 dyuym, “S25 Plus” — 6,7 dyuym. Eng yuqori yorqinlik — 2600 nit, “super suyuq” yangilanish chastotasi — 120 Gs.
Kameralar bir xil: 50 megapikselli, 12 megapikselli ultra keng burchakli va 10 megapikselli uch karra optik zumli teleobyektiv, shuningdek, 12 megapikselli frontal kamera.
Ikkala smartfon ham oldingilariga nisbatan yengilroq — “S25” 162 gramm va “S25 Plus” esa 190 gramm, hamda yupqaroq — tegishlicha 7,2 millimetr va 7,3 millimetr.
Mazkur modeldagi smartfonlar 4ta rangda bo‘ladi: ko‘k, havo rang, yalpiz rang va kul rang.
Galaxy 25 Ultra
Qalam bilan birga keladigan “Galaxy S25 Ultra” ham “Snapdragon 8 Elite” chipida ishlaydi, 12 GB operativ xotirani va 1 TBgacha ichki xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.
Ekran diagonali — 6,9 dyuym, og‘irligi — 218 gramm, qalinligi — 8,2 mm. “Galaxy S24 Ultra"ning diagonali 6,8 dyuym, og‘irligi 232 gramm va qalinligi 8,6 mm edi.
Smartfon to‘rtta orqa kamera bilan jihozlangan: 50 megapikselli ultra keng burchakli, 200 megapikselli keng burchakli va ikkita teleobyektiv — 10 megapikselli uch karra optik zum va 50 megapikselli besh karra. Frontal kamera — 12 MP.
Mazkur modeldagi smartfonlar ham 4ta — qora titan, kulrang titan, kumush titan va ko‘k titan ranglarida taqdim qilindi.
“Galaxy S25” narxi $799, “S25 Plus” $999, “S25 Ultra” $1299ga baholanmoqda. Oldindan buyurtma berish 22-yanvarda boshlanadi. Rasmiy sotuvlar esa 7-fevraldan boshlanadi.
Ushbu kelishuv mamlakat iqtisodiyotini global bozorlar bilan bog‘lab, tadbirkorlarga narx xavflarini xedjirlash va zamonaviy moliya instrumentlaridan foydalanish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Colgate-Palmolive kompaniyasi faoliyatini XIX asr boshida Nyu-Yorkda sovun va sham ishlab chiqarishdan boshlagan. Ikki asrdan ziyod tarixga ega ushbu korxona evolyutsiyasi nafaqat qadoqlash sanoatidagi inqilob, balki yirik universitetning shakllanishi bilan ham bog‘liq. Spot brendning vujudga kelishi va xalqaro korporatsiyaga aylanish bosqichlari haqida hikoya qiladi.