Avvalroq majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Hujjat bilan farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha yangi talablar ham belgilanmoqda. Xususan, 1-iyuldan import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali sotish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi.
1-sentabrdan farmatsevtika faoliyatini hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish faoliyatini litsenziyalash talablari kuchaytiriladi.
Yangidan tashkil etilgan kompaniyalar faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yishlari kerak. Dori vositalarini sotishda xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilishda elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi talab etiladi.
Soliq tekshiruvlarida kirim hujjatlarisiz (kontrafakt) va markirovkalanmagan dori vositalarini sotib olish, tashish va saqlash holatlari aniqlansa, soliq organlari tashabbusi bilan vakolatli organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turiladi.
Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan agregatsiyalash tizimini joriy qilish muddati joriy yilning 1-oktabrigacha uzaytirilgan.
Avvalroq eetsept asosida beriladigan dorilar savdosini prokuratura nazorat qilishi haqida xabar berilgandi.