Markaziy bank Yangi yil bayrami va dam olish kunlari bo‘limlari ishlaydigan tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qildi.

Prezident farmoni bilan o‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi: 31-dekabr (chorshanba) hamda 2-yanvar (juma) kunlari ish haftasining turidan qat’i nazar barcha uchun, 3-yanvar (shanba) esa 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-yanvar (payshanba) — Yangi yil bayrami, 4-yanvar (yakshanba) esa barcha uchun odatiy dam olish kunidir.

Bayram hamda dam olish kunlarida quyidagi 26 ta bank filialida ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

  1. Agrobank;
  2. Aloqabank;
  3. Anor bank;
  4. Apexbank;
  5. Asia Alliance bank;
  6. Asakabank;
  7. Biznesni rivojlantirish banki;
  8. Davr Bank;
  9. Garant bank;
  10. Hamkorbank;
  11. Hayot bank;
  12. Ipoteka-bank;
  13. Ipak Yuli Banki;
  14. InfinBank;
  15. Mikrokreditbank;
  16. Orient Finans bank;
  17. Octobank;
  18. Poytaxt bank;
  19. Saderat bank;
  20. Trastbank;
  21. Tenge bank;
  22. Turonbank;
  23. Universalbank;
  24. Xalq banki;
  25. O‘zmilliybank;
  26. O‘zsanoatqurilishbank.

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq 30-dekabr kuni Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 21 so‘mga pasayib, 12 004,41 so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.