Oltita chegara bojxona postida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma berish punktlari ochildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Ular orqali milliy tashuvchilar yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun xorijiy yoki ko‘p tomonlama ruxsatnoma olishlari mumkin.

Tizim hukumatning mart oyida qabul qilingan xalqaro tashuvlar sohasida ruxsat berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ishga tushirildi.

Hozirda “Yallama” va “S.Najimov” (Toshkent viloyati), “Sirdaryo” (Sirdaryo viloyati), “Do‘stlik” (Andijon viloyati), “Olot” (Buxoro viloyati) va “Dovut ota” (Qoraqalpog‘iston) postlarida postlar ishlamoqda.

Qarorda 1-iyundan boshlab bojxona postlarida xorijiy va ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tashuvchilar reyslarni rejalashtirish uchun Transport vazirligi tizimi orqali ruxsatnomalarni 10 kun muddatga band qilib qo‘yishlari mumkin.

Bundan tashqari, Transport vazirligi reyslar geografiyasidan kelib chiqib, berilgan tashish ruxsatnomalari hisobini yuritadi.

Ushbu ma’lumotlar asosida xorijiy davlatlar bo‘yicha tashish turlariga oid tanqis ruxsatnomalar haqidagi axborot e’lon qilib boriladi.


Avvalroq Spot O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Ukraina yuk tashuvlari uchun yagona tranzit ruxsatnoma blankasini joriy etishi haqida yozgandi.