Eng muhim voqealardan biri — InfinBANK Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg (LBBW) banki va Alliance Auto kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama bitimning imzolanishi bo‘ldi.

infinbank, reklama

Mazkur kelishuv VW Group Import Compan Limited kompaniyasidan avtomobillarni yirik uzelli (SKD) yig‘ish uchun butlovchi qismlar yetkazib berishni tashkil etish, so‘ngra mamlakat hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini belgilab beradi. Loyihaning moliyaviy tuzilmasi savdoni moliyalashtirish vositalaridan foydalanishni, jumladan, yetkazib berish jadvaliga muvofiq InfinBANK tomonidan alohida transhlar bilan zaxira akkreditivlari (SBLC) chiqarilishini ko‘zda tutadi. LBBW banki xalqaro bank amaliyoti standartlariga muvofiq chiqariladigan ushbu instrumentlar bo‘yicha tasdiqlovchi banklardan biri sifatida ishtirok etadi.

Forumning yana bir muhim natijasi InfinBANK va Oppenheimer Europe Ltd investitsiya banki o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi bo‘ldi. Hujjat tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro moliya bozorlarida loyihalarni birgalikda amalga oshirish niyatini mustahkamlaydi.

infinbank, reklama

Hamkorlik keng ko‘lamli yo‘nalishlarni, jumladan, aksiyadorlik va qarz kapitali bozorlari, qimmatli qog‘ozlarni tuzish va joylashtirish, anderrayting, korporativ moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro kredit reytinglarini olish va oshirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari, tomonlar kastodial xizmatlar, kliring infratuzilmasi va aktivlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Xalqaro moliyalashtirishni kengaytirish doirasida InFinBank, shuningdek, SEAF (Small Enterprise Assistance Funds) xalqaro boshqaruv kompaniyasi bilan besh yil muddatga 5 million dollar miqdorida islomiy moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

infinbank, reklama

Moliyalashtirish O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi (EEFU — Economic Empowerment Fund for Uzbekistan) mablag‘lari hisobidan Murabaha agreement tuzilmasi orqali shariat tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. Jalb etilgan mablag‘lar butun mamlakat bo‘ylab kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarning muqobil moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan kelishuvlar InfinBANK’ning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ilg‘or moliyaviy yechimlarni joriy qilishga bo‘lgan intilishini tasdiqlaydi. Mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega yirik sanoat loyihalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Reklama huquqlari asosida.