Toshkent Respublika fond birjasida ipoteka obligatsiyalari bilan ilk bitim amalga oshirildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda ilk ipoteka obligatsiyalari bilan birinchi birja bitimi amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent respublika fond birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi huzuridagi UMRC SPV tomonidan muomalaga chiqarildi. Ular tijorat banklarining ipoteka kreditlari bilan ta’minlangan.
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 8-iyul kuni 40,56 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari yopiq obuna orqali joylashtirildi. Bitimda Xalq banki ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, mazkur bitim O‘zbekiston kapital bozorida ipoteka obligatsiyalarining birja savdolariga amaliy start berib, yangi moliyaviy instrumentdan foydalanishga yo‘l ochdi.
2025-yilning iyul oyida ILMA ipoteka obligatsiyalari sohasida “tartibga solish qumdoni"ni joriy etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Sentabrda UMRC SPV unga qo‘shildi, noyabr oyida esa 200 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha pilot loyiha e’lon qilindi.