Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining tegishli farmonlari bilan Sardor Uktamovich Umurzakov prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori bo‘ldi.

Shu munosabat bilan u prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Umurzakov bu lavozimga bundan bir yil oldin — 2025-yilning iyul oyida tayinlangan edi.

Shu bilan birga prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi.

Joriy yilning may oyida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Spot energetika vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangani haqida yozgan edi. Umid Mamadaminov va Umarjon Egamberdiyev Jo‘rabek Mirzamahmudovga o‘rinbosar bo‘ldi.