Tesla kompaniyasi Balance Bike nomli, bolalar uchun ilk yugurish velosipedini taqdim etdi, deb yozmoqda Electrek.
2−5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan yugurish velosipedida pedal va uzatma yo‘q — bola oyoqlari bilan yerdan itarilib harakatlanadi.
Velosiped oyoq uzunligi kamida 35 sm va vazni 35 kggacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etiladi.
U magniy qotishmasidan tayyorlangan rama, 5 holatga sozlanadigan o‘rindiq, shuningdek Tesla nomi va logotipi bilan jihozlangan.
Shuningdek, unda velosipedni yig‘ish uchun kerakli asboblar ham to‘plamga kiritilgan.
Balance Bike narxi — $225. Electrek ta’kidlashicha, kompaniya mahsulotga sezilarli ustama qo‘ygan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda sifatli yugurish velosipedlari odatda $50−120 turadi.
Avvalroq Spot Tesla Model S va Model X elektromobillarini ishlab chiqarishni rasman to‘xtatgani haqida yozgandi.
Bo‘sh konveyerlar endi Optimus robotlarini yig‘ishga yo‘naltiriladi. Kompaniya premium mashinalardan qariyb 750 ming dona sotgan.