2026-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1 trln so‘m ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 215,9 mlrd so‘mi, ya’ni 21,4%i 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,8 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 25 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi. Korxona tomonidan 52,2 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis — Evos brendi turibdi. Kompaniya 41,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kuchli uchlikni 24,8 mlrd so‘m bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho‘ba korxonasi Ketring yakunlab berdi.
Quyida 20 ta umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar ko‘rsatilgan:
| Kompaniya nomi | To‘langan soliqlar, mlrd so‘mda |
| International Foodchain (KFC) | 52,2 |
| Mak Food Servis (Evos) | 41,4 |
| Ketring | 24,8 |
| Oqtepa Food Service | 20 |
| Bellissimo Pizza International | 11,7 |
| Good Food Catering | 8,1 |
| Savdo | 7,8 |
| Feedup Eco | 5,6 |
| Alexander Brands | 5,5 |
| Garden Catering Trade | 5 |
| French Pastry | 4,1 |
| Caravan Group Delivery | 4 |
| Akfa Food | 3,7 |
| Maxway Food | 3,6 |
| Shashleek | 3,3 |
| Vanilla Food | 3,2 |
| Sirovarnya Super Food | 3,1 |
| Ozoq-ovqat xizmati direksiyasi | 3 |
| Excellent Sweets Store | 2,9 |
| Wencaf | 2,9 |
Avvalroq Spot umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun soddalashtirilgan soliq tartibi joriy etilishi haqida yozgandi.