15-avgust kuni oziq-ovqat sanoatidagi kompaniyalarni rivojlantirish va kengaytirishga bag‘ishlangan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi. Tadbirda brend-marketolog Yekaterina Arakelova va SHERIN tijorat direktori Oybek Sobirov spiker sifatida ishtirok etadi.

Yekaterina Arakelova 20 yildan ortiq vaqt mobaynida marketing va reklama sohasida faoliyat yuritib keladi. U hamkorlik qilgan brendlar qatorida Pepsi, Ucell, Agromir va Asklepiy bor. 2019-yildan buyon Salar Meat Product brendlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Oybek Sobirov savdo va biznesni rivojlantirishda 15 yildan ortiq tajribaga ega. 2015-yildan beri SHERIN kompaniyasining tijorat strategiyasi, brendlari va savdosi uchun mas’uldir. U jamoa bilan birgalikda kompaniyani mamlakat savdo tarmoqlaridagi uchinchi o‘rindan o‘z toifasida yetakchilikka olib chiqishda ishtirok etgan.

Uchrashuvda spikerlar oziq-ovqat sanoatida brending, marketing, savdo va biznesni kengaytirishga doir yondashuvlar haqida so‘zlab beradi.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.