12-sentyabr kuni “Tizimli yil” dasturining sun’iy intellektni biznes jarayonlariga amaliy joriy etishga bag‘ishlangan uchinchi moduli bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida ishtirokchilarga 18 ta sun’iy intellekt vositasi taqdim etiladi va ularning ishlashi amaliy misollar orqali namoyish qilinadi. Dasturdan biznes egasining yordamchisi sifatida Claude’dan foydalanish, yig‘ilishlar va telefon qo‘ng‘iroqlarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, boshqaruv dayjestlarini avtomatik tayyorlash hamda xodimlar ish sifatini nazorat qilish kabi mavzular o‘rin olgan.

Alohida bloklar savdo va kadrlar bilan ishlash (HR) sohalariga bag‘ishlanadi. Ishtirokchilarga lidlarni qayta ishlash uchun ovozli botning ishlashi, qo‘ng‘iroqlarni avtomatik baholash, rezyumelarni saralash va suhbatlarni tahlil qilish vositalari ko‘rsatiladi. Marketingga oid blokda esa ROMI hisob-kitobi va Bitrix24'dagi BI-asboblar panelidan foydalanish ko‘rib chiqiladi.

Spiker sifatida MDH mamlakatlari, Yevropa, Misr va Shveysariyada 350 dan ortiq loyihani amalga oshirgan Sales & Management asoschisi Pyotr Dorosh so‘zga chiqadi. Uchrashuv moderatori — YARD Business Club va Unique Present Media Holding asoschisi, Birinchi Business Club aksiyadori Arsen Dlyanchev.

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun raqam: +7 705 332 5561 (WhatsApp, Telegram).