Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida yozgan edi.
Prezidentning 27-avgustdagi farmoni bilan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Uning a’zolari soni 2024-yil dekabrida belgilangan tarkibga nisbatan 9 kishiga qisqardi.
Kengash tarkibiga 10 nafar yangi a’zo kiritildi. Ular orasida iqtisodchi Otabek Bakirov, Dodo Pizza Tashkent asoschisi Dinara Islomova va Technologies of Real Time asoschisi Murod Akramov bor.
To‘liq yangi ro‘yxat quyidagicha:
Davron Vahabov — Savdo-sanoat palatasi raisi, kengash rahbari;
Abdumannop Buriyev — biznes-ombudsman;
Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev — Grand Pharm Trade ta’sischisi;
Shuhrat Ergashev — Orient-Confection ta’sischisi;
Zafar Hoshimov — Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi;
Kamol Abdullayev — Sam Antep Gilam QK ta’sischisi;
Jahongir Ortiqxo‘jayev — Akfa Group ta’sischisi;
Farhod Mamajanov — Uztex Group ta’sischisi;
Murod Nazarov — Murad Buildings ta’sischisi;
Nasimjon Komilov — Stdhealthmed ta’sischisi;
Tohir Sharipov — Procab ta’sischisi;
Ilhomjon Abdurahmonov — Paxtakor Teks rahbari;
Payzullajon Mirzayev — Manar Group ta’sischisi;
Jamshid Shakirov — Uzbekistan Hydrogen Peroxide ta’sischisi;
Jamshid Ismatullayev — Chust Textile ta’sischisi;
Shuhrat Ilhomov — NAVRO’Z-PTK ta’sischisi;
Shavkat Jalolov — Agromir Buildings ta’sischisi;
Faxriddin Ilyosov — Mezon Business ta’sischisi;
Sardor Abasxonov — Global Export Company ta’sischisi;
Ulug‘bek Rustamov — Click bosh direktori;
Rahmatjon Abdullayev — Almerro Group ta’sischisi;
Sherzod Jumayev — Navbahor Tekstil ta’sischisi;
Hikmatillo Nasrullayev — Realsoft ta’sischisi;
Akmal Hasanov — Veritas Inter Lex advokatlik firmasi rahbari;
Davronbek Ahmadov — Prae Legal advokatlik firmasi rahbari;
Aziz Qurbonov — International Business Audit and Consulting (IBAC) ta’sischisi;
Ulug‘bek Rahimov — Kids Plate Distribution ta’sischisi;
Saidvali Nasriddinov — Uniagri Group rahbari;
Umidbek Safarov — United Tax Advisors ta’sischisi;
Zafarjon Mustafayev — Uzbek Leasing International bosh direktori;
Otabek Bakirov — iqtisodchi, jamoatchilik faoli;
Akobir Shamsiyev — Ako Shams Consulting ta’sischisi;
Lazizbek Hamidov — Tasnif Group ta’sischisi va rahbari;
Murod Akramov — Technologies of Real Time ta’sischisi;
Lola Mirzayeva — Khiva Plaza direktori;
Dinara Islomova — Dodo Pizza Tashkent ta’sischisi;
Mansur Niyozmuhamedov — O‘zbekiston Quruvchilar uyushmasi rahbari;
Shokir Bokiyev — Turon Himoyasi advokatlik firmasi ta’sischisi;
Sarvar Jumaniyozov — American Hospital QK rahbari;
Sarvar Niyozov — Savdo-sanoat palatasi rahbari maslahatchisi, kengash kotibi.
Kengashning yangi tarkibiga avvalgi tarkibdagi 19 nafar a’zo kiritilmadi. Ular orasida Uzum Market va Meros Pharm rahbarlari, shuningdek, go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi To’xtaniyoz-Ota, tez ovqatlanish tarmoqlari — Mak Food Servis (Evos) va Feedup Eco ta’sischilari bor.
Avvalroq Spot bir guruh tadbirkorlar O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangani haqida yozgandi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi tizimi hamda tarmoq uyushmalarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari mukofotlandi.